Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ilhom Mo‘minjonov «Navbahor» sirini oshkor qilishni istamadi

Ilhom Mo‘minjonov «Navbahor» sirini oshkor qilishni istamadi

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ilhom Mo‘minjonov OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi. “Navbahor” ustozi ortda qolgan hafta mavzusiga aylangan futbolchi Ro‘zimboy Ahmedov bilan sodir bo‘lgan mojaro haqidagi savollarga ham javob qaytardi.

Xabarlarga qaraganda, “Bunyodkor”ga qarshi bahs sizning “Navbahor”dagi so‘nggi o‘yiningiz ekan. Jamoa boshqaruvi rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisga topshirilar ekan. Ushbu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqin?

-  Bu ma’lumotni endi eshityapman. Bundan umuman xabarim yo‘q. Albatta, “Navbahor”ga befarq emasman. Jamoada balki 4 yil yoki 5 yil ishlarman, yoxud umrimning oxirigacha yoki keyingi hafta ishdan ketamanmi, buni o‘zim ham bilmayman. Bunga hali oydinlik kiritilmadi.

-  Ro‘zimboy Ahmedov anchadan buyon asosiy tarkibdan joy olmayotgandi. Bugungi bahsda esa boshlang‘ich tarkibda  maydonga tushdi. Buni nima bilan izohlaysiz?

-  Ro‘zimboy Ahmedov bilan bog‘liq masala klubning ichki siri. Buni sizlarga oshkor eta olmayman. Jamoamiz hujumchilaridan biri bo‘lgan Azamat Allaniyozovning jarohati bor edi. U hozir gipsda. Qo‘l ostimizdagi 2 nafar hujumchining xizmatlaridan foydalandik. Biri maydonda 65, ikkinchisi esa 25 daqiqa harakat qildi. Biz ularga umid bog‘lagandik. Afsuski, ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. Ishlashda, izlanishda davom etib, keyingi uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

-  Ro‘zimboy Ahmedov bilan bog‘liq mojaro bugungi o‘yinga, jamoaning ichki muhitiga salbiy ta’sir o‘tkazdimi?          

-  Menimcha, salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Bugungi bahsda “Bunyodkor” haqli g‘alaba qozondi. Shogirdlarim professional va bo‘lib o‘tgan mojaro ularga ruhiy jihatdan ta’sir o‘tkazmagan. Endi keyingi bahslarga yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz.

-  “Navbahor” klubi sizning qo‘l ostingizda Namangandagi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramayapti. Ammo safardagi uchrashuvlarda negadir jamoaning omadi kelmayapti. Bu nima bilan bog‘liq?

-  To‘g‘ri, safardagi o‘yinlarda negadir omadimiz kelmayapti. Balki bunda murabbiylar shtabining ham aybi bordir? Oldinda yana 7 tur bahslari bor va o‘sha o‘yinlarning to‘rttasini safarda o‘tkazamiz va mazkur bo‘lajak bahslarda ochko olishga harakat qilamiz. Mabodo endi safardagi uchrashuvlarda ochko ololmasak, chempionlikka da’vogarlik qilolmaymiz.

Kiritildi: 17:27, 06.10.2018.
O'qildi: 4565 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.