Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Rasman! Ertaga «Navbahor»da jiddiy o‘zgarishlar kuzatiladi

Rasman! Ertaga «Navbahor»da jiddiy o‘zgarishlar kuzatiladi

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” jamoasida jiddiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Oxirgi paytlarda “Navbahor” futbol klubida bosh murabbiy o‘zgarishi mumkinligi borasidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. “Bunyodkor” bilan bo‘lib  o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng Mo‘minjonovning o‘rnini boshqa bir mutaxassis egallashi mumkinligi ko‘p bora ta’kidlanmoqda. Superliga 25-turi doirasidagi Toshkentda “Bunyodkor”dan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlari keskin pasayib ketdi. 

“Qaldirg‘ochlar”dan uchralgan mag‘lubiyatdan muxlislarning kayfiyati tushib ketganligi bor gap. Har holda jamoa ishqibozlari Toshkentga ijobiy natija ilinjida yo‘l olishgandi. Lekin, natija kutilgandek bo‘lmadi. Ayni paytda viloyat futbol assosiasiyasi va klub rahbariyati vaziyatni o‘nglash, muxlislarning “Navbahor” jamoasiga bo‘lgan mehrini qaytarish ustida ish olib bormoqda. Barchaga ma’lumki, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov jamoani yuqori o‘rinlar uchun kurashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Aynan viloyat rahbarining sa’y-harakatlari tufayli “Navbahor” avvalgi obro‘sini yana tiklashga intilmoqda. Klubda hammasi yaxshi bo‘lishi uchun hozir ham bosh qotirilmoqda.

Muxlislarni xotirjam qilgan holda ta’kidlash joizki, ertaga “Navbahor” jamoasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishini aytishimiz mumkin. Ertaga “Navbahor” PFKda katta yig‘ilish o‘tkaziladi va klubda bir qator yangiliklar ro‘y beradi. Bir so‘z bilan aytganda, “Navbahor” muxlislarining ishonchlarini oqlash va ularni xursand qilish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:30, 06.10.2018.
O'qildi: 5488 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.