Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Bunyodkor»ning kelgusi taqdiri oydinlashdi

«Bunyodkor»ning kelgusi taqdiri oydinlashdi

Baho:
+ | -

Kuni kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ashaddiy ishqibozlari klub bosh direktori bilan uchrashdilar.

Ularning asosiy maqsadi - so‘nggi kunlarda tarqalayotgan gap-so‘zlarga aniqlik kiritish edi. Bu haqda klub Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bunyodkor” PFK Bosh direktori Murod Aliyev uchun kutilmaganda bo‘lgan bu uchrashuvda muxlislarni bir savolga javob qiziqtirardi. Ya’ni, “Bunyodkor”faoliyatini davom ettiradimi?

Mazkur savolga Murod Boqiyevich quyidagicha javob berdi:

- Hozir jamoamizda moliyaviy qiyinchiliklar mavjudligi rost. Lekin biz OCHL yo‘llanmasini uchun kurash olib boryapmiz. So‘nggi yillarda akademiyamizda tarbiya topayotgan futbolchilar bilan o‘yinlarni o‘tkazmoqdamiz. Demak bu borada ishlarimiz yomon emas. “Bunyodkor” futbol klubi atrofida tarqayotgan turli gap-so‘zlar yo‘q emas. Lekin shuni ayta olamanki, hech kim bizga hali klub yopiladi degan gapni rasman aytgani yo‘q.

Tabiiyki, bu javob muxlislarni qoniqtirmadi. Ularning aytishicha, shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. Agar ertaga rsmiy qaror chiqib qolsa juda kech bo‘ladi. Shunga hozirdan bunga oydinlik kiritish lozim.

“Ikki yil avval Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominasiyasida biryo‘la uch futbolchi O‘zbekistondan bo‘ldi va bularning uchtasi ham “Bunyodkor” a’zolari edi. Nima uchun Vatanimizga meva berayotgan daraxtni kesib tashlash kerak? Klubimizdan o‘zbek futboliga bironta zarar yetmadi-ku? Aksincha, har bir terma jamoaga yaxshi saviyadagi futbolchilarni yetkazib beryapmiz. Iltimos, “Bunyodkor”ni saqlab qolishda yordam bering”, - deydi muxlislar klubi a’zolari.

Shuningdek, muxlislar klubi a’zolari marketing xizmatidan norozi ekanliklarini bildirishdi. Klub faqat davlat puliga qarab qolganligi oqibatida bugungi qiyinchiliklarga duch kelayotgani ta’kidlab o‘tildi.

“Qachon biz ham o‘zimiz pul ishlab topamiz? Axir butun O‘zbekiston biz haqimizda biladi. Nima uchun shu brenddan foydalana olmaymiz”, - deydi klub muxlisi.

Yig‘ilish so‘nggida Murod Aliyev muxlislardan xavotirga tushmasliklarini, kelasi yil klub albatta Superligada faoliyat olib borishini aytdi. Shuningdek, PFL ham futbolimiz rivoji yo‘lida kuchli klublarning Superligada ishtirok etishidan manfaatdor ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:12, 10.10.2018.
O'qildi: 9745 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик