Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shohida Ahmedova: «Oltinga umid qilgandim, biroz omad yetishmadi»

Shohida Ahmedova: «Oltinga umid qilgandim, biroz omad yetishmadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinada davom etayotgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ayollar kurashi bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qilgan Shohida Ahmedova kumush medalni qo‘lga kiritdi. «Kichik Olimpiada»da O‘zbekiston tarixida ayollar kurashi bo‘yicha dastlabki medalni qo‘lga kiritgan Shohida muvaffaqiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta oltin medalga tayyorgarlik ko‘rgandim. Qozog‘iston, Venesuela, AQSH, Belorus vakilalarini mag‘lubiyatga uchratdim. Finalda esa shvesiyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydim. Qo‘ldan kelganicha harakat qildim.

Biroz omad yetishmadi. Ammo, mana shunday saviyadagi musobaqada kumush medalga ega chiqqanimdan juda xursandman. Oldinda yangidan-yangi musobaqalar kutib turibdi. Kelajakda bundanda yaxshi harakat qilib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olmoqchiman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman», – dedi sportchi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:50, 14.10.2018.
O'qildi: 2647 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.