Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Angliya Ispaniyani mag‘lub etdi

Angliya Ispaniyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

UYEFA Millatlar Ligasi musobaqasidan o‘rin olgan Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. "Benito Vilyamarin" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda kutilmaganda mezbonlar imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuv "Qizil furiya"ning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish inglizlarga nasib qildi. 16-daqiqada Xarri Keyn maydon markazidan turib chap qanotdan tezlik olgan Markus Reshfordga to‘pni uzatdi, o‘z navbatida Markus uni markazdan tezlik olgan Raxim Sterlinga tashlab berdi, "Siti" vakili uzoq masofadan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

29-daqiqada raqib jarima maydoni tomonida to‘pni qabul qilib olgan Keyn bir aylanib olib, to‘pni Reshfordga uzatdi. David De Xea bilan birga-bir vaziyatga chiqib bolgan hujumchi zarba berishda adashmadi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar yana bir bor gol urishdi: jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Keyn qulay tarzda Sterlingga tashlab berdi, Raxim yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg‘ol qildi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlarning nazorati ostida boshlandi, bo‘lim boshida Luis Enrike tarkibda o‘zgarishlar qildi va bu tezda o‘z samarasini berdi. 58-daqiqada ispanlar standart vaziyatni golga aylantirishdi: Marko Asensioning burchakdan uzatib bergan to‘pini Pako Alkaser boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan vaqtda ham ispanlarda bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq buni hisobda aks ettirish mezbonlarga nasib qilmadi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida Serxio Ramos gol urishga muvaffaq bo‘ldi, biroq bu gol urilishi bilan hakam o‘yinni yakunlab berdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Garet Sautgeyt shogirdlari 4 ochko bilan ikkinchi o‘rnni mustaxkamladilar. Ispaniya (6) esa mag‘lubiyatga qaramay, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu ikki jamoa Xorvatiyaga qarshi o‘yinlar o‘tkazishadi va bu guruh peshqadamini aniqlab beradi.

Millatlar Ligasi

Ispaniya – Angliya 2:3 (0:3, 2:0)

Gollar: 0:1 – 16 Sterling, 0:2 – 29 Reshford, 0:3 – 38 Sterling, 1:3 – 58 Pako Alkaser, 2:3 – 90+8 Ramos.

Ispaniya – De Xea, Nacho, Alonso, Kastro, Ramos, Alkantara, Buskets, Saul (Pako Alkaser, 57), Asensio, Aspas (Sebalyos, 57), Rodrigo (Morata, 72).

Angliya – Pikford, Gomes, Chiluell, Trippyer (Aleksander-Arnold, 85), Maguayr, Uinks (CHaloba, 90), Dayer, Barkli (Uoker, 76), Sterling, Reshford, Keyn.

Ogohlantirishlar: Dayer (12), Ramos (64), Uinks (64), Maguayr (71), Kastro (75), Sebalyos (87), Morata (90+8).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:06, 16.10.2018.
O'qildi: 7867 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.