Kirish Ro'yxatdan o'tish

FVV qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam ko‘rsatdi (foto)

FVV qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam ko‘rsatdi (foto)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

15 oktyabrdan 16 oktyabrga o‘tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog‘ayotganligi sababli chamasi 03:30 larda transport vositalari hamda yo‘lovchilarga yordam berish maqsadida kuzatuv va nazorat ishlari olib borayotgan vaqtida ikkita Damas rusumli avtomashinalarning buzulganligi sababli to‘xtab qolganligini aniqladi.

Avtomashinalarda sport musobaqalaridan Samarqandga uyga qaytayotgan 9 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchisi va 3 nafar murabbiy borligi aniqlandi.

«Qutqaruvchilar yo‘lovchilarni ‘Qamchiq’ maxsus qidiruv qutqaruv boshqarmasi binosiga olib keldi, u yerda issiq ovqat, issiq joy bilan taminladi, erta tongda esa avtomobilni ta’mirlab uylariga jo‘natdi», — deyiladi xabarda

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:27, 17.10.2018.
O'qildi: 3334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.