Milanning “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi jamoaning joriy mavsumdagi rejalari haqida fikr bildirdi.
“Maydonda borimni berib harakat qilaman. Menga Nainggolan bilan birga o‘ynash yoqadi. U ajoyib futbolchi. Unvonlar hali keladi. Men joriy mavsum “Inter” bilan sovrin yutmoqchiman”, - deydi Mauro Ikardi.
Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi “neradzurrilar” safida 2013 yildan beri o‘ynab keladi.