Kirish Ro'yxatdan o'tish

AGMK va «Paxtakor» Farg‘onada tantanali tarzda kutib olindi

AGMK va «Paxtakor» Farg‘onada tantanali tarzda kutib olindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilgi O‘zbekiston kubogi final bahsiga Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadioni mezbonlik qiladi. Final ertaga, 28 oktyabr kuni soat 15:00da start oladi.

Bugun finalning har ikki ishtirokchi jamoalari – AGMK hamda "Paxtakor" vakillari Farg‘ona shahriga yetib kelishdi. Vokzalda ikkala jamoani tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda, O‘FA hamda PFL, Farg‘ona viloyati hokimligi va viloyat futbol assosiasiyasi vakillari ham ishtirok etishdi. Jamoalar final oldi atmosfera ancha yuqori ekanidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Ta’kidlash joiz, final bahsi ertaga "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinga kirish imkonini beradigan chiptalar stadion kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etilmoqda.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:31, 27.10.2018.
O'qildi: 2536 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик