Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Kecha sevimli futbolchi, bugun...

Kecha sevimli futbolchi, bugun...

Baho:
+ | -

Murabbiy sifatida ishlayotgan yoki ishlagan yaqin o‘tmish yulduzlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa.

Tyerri Anri yaqindagina sobiq klubi - «Monako» boshqaruvini qo‘lga oldi. Soccer.ru sayti shu bahona murabbiylik sohasiga bosh suqqan afsonaviy futbolchilarga yana bir bora nazar soldi.

Aytish joiz, Tyerri sayyoramizning eng yaxshi o‘yinchilari qatoriga ilk marta 2000 yili qo‘shilgandi. Mana, oradan chamasi 20 yil o‘tib, u «Monako» bosh murabbiyi rolida gavdalandi.

Xo‘sh, yangi asr boshida yulduz maqomini olishgan sara futbolchilarning murabbiylik qismatlari qanday bo‘lmoqda? 1970 yildan keyin tug‘ilgan va murabbiylikka qo‘l urgan yulduzlar ramziy jamoasiga qiziqsangiz, marhamat, quyidagi fotojamlanmaga qarang.

Darvozabon - Xerman BURGOS (49 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: «Atletiko»

Murabbiylik tajribasi: 8 yil

Peter Shmeyxel yozda «Sporting»da darvozabonlar murabbiyi lavozimini egallashi mumkin edi, biroq JCH payti Rossiyada TV bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘rdi. Burgos esa anchadan buyon Diyego Simeone yonida. 

Himoyachi - Alessandro NESTA (42 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: «Perudja»

Murabbiylik tajribasi: 2 yil

Italiyalik buyuk himoyachi avvaliga «Mayami»da ishladi, keyin uni «Krotone»ga taklif etishdi, ammo o‘zi «Perudja»ni tanladi. Nesta ayni payt «V» seriyasidagi raqobat qozonida «qaynamoqda».

Himoyachi - Fabio KANNAVARO (45 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: «Guanjou Evergrand»

Murabbiylik tajribasi: 5 yil

«Oltin to‘p»li yagona himoyachi ham murabbiylik etagini tutdi, faqat u hammasini BAA, Saudiya Arabistoni va Xitoy tomonlarda boshladi. Kannavaroning jamoasi ayni payt mahalliy chempionatda Xalk hamda Odil Ahmedov klubi - «Shanxay SIPG»dan ortda qolmoqda, lekin oxirigacha kurashdan chekinmasligi aniq.

Himoyachi - Jon TERRI (37 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: «Aston Villa»

Murabbiylik tajribasi: 2 hafta 

«Chelsi» afsonasi kuni kecha «Aston Villa» bosh murabbiyi Smit Din assistenti sifatida ish boshladi. Vaholanki, u «Spartak»dan manfaatli shartnoma olgandi. Ammo o‘ynash joniga tekkan ko‘rinadi, Moskva klubi safiga qo‘shilishni istamadi. U o‘zini murabbiy sifatida ham APLda sinab ko‘rmoqchi.

Yarim himoyachi - Klarens ZEEDORF (42 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: Kamerun termasi

Murabbiylik tajribasi: 4 yil

3ta klub safida CHLda 4 bora g‘alaba nashidasini surgan Zeedorf avvaliga klub futbolida ishlab, «Milan» va «Deportivo»da omadsizlikka yo‘liqdi, shundan so‘ng terma jamoalar miqyosiga o‘tdi. Ko‘ramiz, buni qanday uddaydi.

Yarim himoyachi - Stiven JERRARD (38 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: «Glazgo Reynjers»

Murabbiylik tajribasi: 5 oy

«Reynjers» Shotlandiya chempionatida «Seltik»ka nisbatan sustroq start oldi, lekin Stiven endi-endi tajriba hosil qilayotganini hisobga olish kerak. «Liverpul» afsonasi ertami-kech APLga qaytmoqchi, albatta.

 Yarim himoyachi - Frenk LEMPARD (40 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: «Derbi Kaunti»

Murabbiylik tajribasi: 4 oy

«Chelsi»ning sobiq xavbeki bir urinishda e’tiborga tushdi - uning shogirdlari kimsan Joze Mourinyo boshqaruvidagi «MYU»ni Angliya Liga kubogi turniridan tushirib yuborishdi. Qoyil, Lempard!

Yarim himoyachi - Zayniddin ZIDAN (46 yosh)

Ishlagan jamoasi: «Real»

Murabbiylik tajribasi: 3 yil

Tushunarliki, murabbiy Zidan endi o‘ylab ish tutishga majbur. Axir u ilk 3 yillik faoliyati davomida CHLda 3 bora g‘olib chiqdi. Aytingchi, Zizu bunday muvaffaqiyatni qayerda va qanday takrorlashi mumkin? 

Yarim himoyachi - Rayan GIGGZ (44 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: Uels termasi

Murabbiylik tajribasi: 1 yil

Uels futboli faxri ma’lum muddat «MYU»da bosh murabbiy vazifasini bajardi, assistent rolida ishladi, biroq unga to‘liq ishonishmadi. Rayan endi o‘z mamlakati milliy jamoasini yangi bosqichga olib chiqishga urinadi.

 

Hujumchi - Andrey SHEVCHENKO (42 yosh)

Ishlayotgan jamoasi: Ukraina termasi

Murabbiylik tajribasi: 2 yil 

Ukraina termasi asta-sekin qaddini ko‘tarmoqda va bunda mamlakat futbolining birinchi raqamli yulduzi xizmati bor, albatta. Ha, ukrainlar JCH-2018ga chiqolmadilar, endi esa Yevropa Millatlar ligasida tetik o‘ynamoqdalar.

 

Tyerri ANRI - 41 yosh

Ishlayotgan jamoasi: «Monako» 

Murabbiylik tajribasi: 2 yil

Fransiyalik mohir goleador Belgiyadagi ish tajribasidan so‘ng «Monako»ga qaytdi. Hozirda knyazlik klubi juda og‘ir ahvolda, demakki, Tyerrining yeng shimarib ishlashiga to‘g‘ri keladi.

 

O‘z klublari murabbiyiga aylangan mashhur futbolchilar. «Futbol» haftanomasi esa, Anri bahonasida mustaqil murabbiy sifatidagi ishni sobiq klublaridan birida boshlagan taniqli futbolchilarni esga oldi. 

Zayniddin Zidan «Real»da: futbolchi - 2001—2006 yillar, murabbiy - 2016—2018 yillar

Yurgen Klopp «Mayns»da: futbolchi - 1990—2001 yillar, murabbiy - 2001—2008 yillar

Denni Blind «Ayaks»da: futbolchi - 1986—1999 yillar, murabbiy - 2005—2006 yillar

Klarens Zeedorf «Milan»da: futbolchi - 2002—2012 yillar, murabbiy - 2014 yil

Filippo Inzagi «Milan»da: futbolchi - 2001—2012 yillar, murabbiy - 2014—2015 yillar

Valeriy Karpin «Spartak» (Moskva)da: futbolchi - 1990—1994 yillar, murabbiy - 2009—2012 va 2012—2014 yillar

AFSONALAR JAMOASI ZAXIRASI

Devid Jeyms (48 yosh, «Kerala Blasters»), Garet Sautgeyt (48 yosh, Angliya terma jamoasi), Jovanni van Bronkxorst (43 yosh, «Feyenoord»), Sergey Semak (42 yosh, «Zenit»), Patrik Viyeyra (42 yosh, «Nissa»), Filippo Inzagi (45 yosh, «Bolonya»).

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:54, 29.10.2018.
O'qildi: 7537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.