Moskvaning SSKA klubi hujumchisi Fyodor Chalov faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi rossiyalik futbol eksperti Aleksey Zinin.
Zininning ma’lum qilishicha, APL klubi 20 yoshli futbolchi uchun 5 million yevro taklif qilgan. Qaysi jamoa ekanligini Zinin aytishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, Chalov joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 gol urishga erishgan va 2 ta golga assitstentlik qilgan.