Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Legionerlarimiz o‘z klublarida qanday o‘yin namoyish qilishmoqda?

Legionerlarimiz o‘z klublarida qanday o‘yin namoyish qilishmoqda?

Baho:
+ | -
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Avstraliyada navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Ushbu yig‘inda milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan futbolchilar bilan bir qatorda legionerlar ham qatnashishi kutilmoqda.   Legionerlarimiz o‘z klublarida qanday o‘yin namoyish qilishmoqda? Bu savol navbatdagi yig‘in oldidan muxlislarni qiziqtirayotgan bo‘lishi tabiiy. Quyida milliy terma jamoamizga nomzod futbolchilarning dam olish kunlari o‘z klublari tarkibida qanday o‘yin o‘tkazishgani haqida ma’lumot keltirib o‘tilgan.   Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi tarkibida Xitoy Superligasining 28-tur uchrashuvida eng yaqin ta’qibchisi "Guanchjou Evergrand" klubiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 5:4 hisobida Odil Ahmedov jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Hamyurtimiz uchrashuvda to‘liq harakat qildi va 90+3 daqiqaga kelib sariq kartochka bilan jazolandi. Ushbu g‘alabadan keyin "Shanxay SIPG" jamoasining ochkolari soni 65taga yetdi. Ayni paytda "Shanxay SIPG" musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.      BAAning "Sharja" klubida to‘p surayotgan Otabek Shukurov o‘z klubi tarkibida 9-turda "Al-Ittihod Kalba" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. 2:2 hisobidagi durang bilan tugagan o‘yinda hamyurtimiz to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu durangdan keyin "Sharja" klubining to‘plagan ochkolari soni 21taga yetdi. Ayni paytda Otabek Shukurov jamoasi musobaqa jadvalining 1-pog‘onasida bormoqda.   Rossiya chempionatida qatnashayotgan "Rostov" klubi hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodovuchun 13-tur muvaffaqiyatli keldi. U "Krasnodar" jamoasiga qarshi kechgan bahsda 7-daqiqada gol kiritib, hisobni ochishga erishdi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. Shomurodov 77-daqiqada maydondagi o‘rnini islandiyalik futbolchi Vidar Ern Kyartanssonga bo‘shatib berdi. Ayni paytda "Rostov" 22 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda.    Rossiya chempionatidagi yana bir hamyurtimiz Doston Hamdamov "Anji" tarkibida Rossiya Kubogi bahsida maydonga tushdi. "Anji" Moskvaning "Spartak" jamoasiga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvda moskvaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Hamdamov mazkur o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. U 83-daqiqada Danil Glebovni almashtirdi. Bugun "Anji" jamoasi Rossiya chempionati 13-turida "Enisey"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Hozirda "Anji" jamoasi 12ta o‘yindan keyin 10 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 15-pog‘onasida bormoqda.    Rossiyaning "Krilya Sovetov" sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisov ham Kubok bahsida maydonga tushdi. "Krilya Sovetov" Rossiya Kubogi 1/8 finalida "Krasnodar" jamoasini o‘z maydonida qabul qildi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. Ekstra taymlarda "Krasnodar" yana bitta gol kiritib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi va Kubok musobaqasining chorak finaliga yo‘l oldi. Vitaliy Denisov mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 104-daqiqada zaxiraga olindi.Bugun "Krilya Sovetov" safarda "Ufa" jamoasiga qarshi 13-tur uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Vitaliy Denisov jamoasi ayni paytda musobaqa jadvalining 13-pog‘onasida bormoqda.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:27, 05.11.2018.
O'qildi: 8619 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.