Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Superliga klubini boshqarish uchun endi murabbiylardan «Pro» lisenziyasi talab qilinadi

Superliga klubini boshqarish uchun endi murabbiylardan «Pro» lisenziyasi talab qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Professional futbol ligasi ishchi guruhi va yangi tashkil etilgan Klublarni lisenziyalash bo‘limi 2019 yilgi mavsum rejalarini tuzib chiqishda davom etmoqda. Ayni vaqtda 2019 yilgi mavsum uchun Superliga va Pro-liga klublariga qanday talablar qo‘yilishi deyarli aniq bo‘lgan. Mazkur masala O‘FA Ijroqo‘mi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng futbol jamoatchiligi uchun e’lon qilinadi.

Unga qadar esa PFL rasmiy sayti 2019 yil uchun amalda bo‘ladigan ayrim bandlarni e’lon qilib boradi. Ulardan biri kelasi mavsumdan boshlab Superliga klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradigan mutaxassisdan “Pro” lisenziyasining talab qilinishidir.

O‘FA qoshidagi murabbiylar malakasini oshirish vazifasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim “Pro” lisenziyasi uchun navbatdagi kursni shu yilning noyabr oyida boshlashni rejalashtirgan. Ayni vaqtda mazkur bo‘lim mutaxassislari aniq sana borasida OFK tasdig‘ini kutmoqda.

Klublarni lisenziyalash bo‘limi “Pro” lisenziyasi kursida tahsil olayotgan murabbiylarga 2019 yilgi mavsum uchun shartli ravishda Superliga klubini boshqarishga ruxsat beradi. 2020 yildan boshlab yuqorida qayd etilgan tizimga to‘liq o‘tiladi. Demak, 2019 va 2020 yillar davomida O‘zbekiston Superligasida faoliyat olib borish niyatida bo‘lgan murabbiylar harakatni hozirdanoq boshlashi kerak bo‘ladi.

Bunga qadar esa PFL mahalliy mutaxassislar uchun talabni “A”, xorijiy mutaxassislar uchun esa “Pro” qilib belgilagandi. Qolgan jamoalar murabbiylari uchun talablar qanday bo‘lishi keyinroq rasman ma’lum qilinadi. 

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Superliga klublarini boshqarayotgan quyidagi murabbiylarda “Pro” lisenziyasi yo‘q: Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”), Ulug‘bek Baqoyev (“Buxoro”), Hamid Aktamov (“Qizilqum”), No‘’mon Hasanov (“Qo‘qon-1912”), Bahrom Haydarov (“Neftchi”). Shuningdek, Superligaga yo‘l olish uchun nazariy imkoniyati bo‘lgan klublardan “Andijon”, “Surxon”, “Istiqlol”, “Dinamo” kabi klublar bosh murabbiylarida ham “Pro” lisenziyasi mavjud emas. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:25, 06.11.2018.
O'qildi: 2501 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.