Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamondan otish. Samarqandda Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun O‘zbekiston kubogi boshlandi

Kamondan otish. Samarqandda Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun O‘zbekiston kubogi boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Samarqand shahridagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi qoshidagi «Nafis» sport majmuasida kamondan otish bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun O‘zbekiston kubogi start oldi. Musobaqada Respublikamizning 8 ta viloyatidan 70 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Bugun Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji binosida musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi Otabek Imomov, Turkiyadan tashrif buyurgan seleksioner murabbiy Vladimir Lekvishvili va boshqalar ishtirok etishdi.

Federasiya rahbari Otabek Imomov anjuman davomida so‘zga chiqar ekan, tashkil etilayotgan musobaqaning ahamiyati, mazkur turnir orqali yangi nomlarni saralab olish eng asosiy maqsad ekanligi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, federasiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kamondan otish bazasini qurish ishlari boshlab yuborilganligi haqida ma’lumot berdi.

«2020 yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun lisenziya qo‘lga kiritib, munosib ishtirok etish oldimizga qo‘yilgan eng asosiy vazifadir. Biz O‘zbekistonning turli hududlarida kamondan otish sport turini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga jalb qilish hamda yurtimiz bayrog‘ini nufuzli musobaqalarda baland ko‘tarishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz», – dedi Otabek Imomov.

Tadbir davomida anjuman ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan yana bir qator savollarga javob olishdi. Matbuot anjumani yakunlangach, musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng bahslarga start berildi.

Musobaqa 17 noyabrga qadar davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:56, 14.11.2018.
O'qildi: 2076 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.