Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon»ning Superligaga qaytishi muxlislar uchun bayramga aylandi (fotogalereya)

«Andijon»ning Superligaga qaytishi muxlislar uchun bayramga aylandi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Pro-liga musobaqalarining “A” guruhidagi 35-tur uchrashuvini “Andijon” klubi muxlislari o‘zgacha ruhda kutdilar. 

Chunki, 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bahsda “Andijon” klubi «Istiqlol»dan ustun kelsa “Andijon” so‘nggi turda qanday natija qayd etishidan qat’i nazar, 1-o‘rinni egallashi aniq edi.

Guruhda 2-pog‘onada borayotgan «Mash’al»  esa «Andijon»dan 3 ochko ortda bo‘lib, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, muborakliklar so‘nggi turdan keyin «Andijon»dan oldinga o‘tib keta olmasdi.

“Barkamol avlod” stadioniga kelgan ko‘p sonli muxlislar o‘z jamoasidan faqat g‘alaba kutdilar.

“Andijon” klubi birinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlagan bo‘lsada, 43-daqiqada  mehmonlar Javohir Rasulovning golidan so‘ng oldinga chiqib oldi. Tanaffusdan so‘ng o‘yin tizgini mezbonlar tomonga o‘tdi. “Andijon” klubidan Nodir Mavlonov(48), Shahboz Jumaboyev(56, penalti)lar bittadan gol kiritib, o‘z jamoasini  Superliga olib chiqishdi. Yakunda hisob 2:1 ko‘rinishida qoldi.    

O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat hokimi  Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi. Shuhratbek Abdurahmonov "Andijon" klubi a’zolarining har biriga 10 million so‘mdan mukofot hamda bosh murabbiy Ildar Sakayev va Shahboz Jumaboyevga "Kobalt" avtomashinasi kalitini topshirdi.

Manba: UFA
Kiritildi: 20:51, 14.11.2018.
O'qildi: 5240 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик