Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Andijon viloyati bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Andijon viloyati bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Andijon viloyati bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasining turli yoshdagi tarbiyalanuvchilar Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan musobaqalarda ijobiy natijalar qayd etishmoqda.

Jumladan, joriy yilning 7-13 noyabr kunlari Qarshi shaxrida O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi tomonidan o‘tkazilgan tayyorlov guruhlari o‘rtasidagi “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqasida Shokir Galimov boshchiligidagi  U-16 jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 5-10 noyabr kunlari Namangan shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqasida qatnashgan Lochinbek Guldayev boshchiligidagi akademiyaning U-12 jamoasi ham 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

7-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqasida esa Yazgeldi Kutdanov boshchiligidagi futbolchilar 3-o‘rin bilan kifoyalanishgandi. 15-20 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yana bir “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqasida futbol akademiyasining U-17 jamoasi  Yodgorbek Xurxonov boshchiligida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Andijon viloyati bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida sovrindor bo‘lgan akademiya tarbiyalanuvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda  Viloyat hokimligi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Andijon viloyat Futbol Assosiasiyasi, "Andijon” jamoasi, Yoshlik jismoniy tarbiya va sport  jamiyati mas’ullari va tarbiyalanuvchilar ota-onalari, muxlislar ishtirok etishdi.

Manba: UFA
Kiritildi: 08:32, 16.11.2018.
O'qildi: 4880 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик