Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Barselona» Rakitichning jarohati borasida bayonot berdi

«Barselona» Rakitichning jarohati borasida bayonot berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich jarohat olib, Xorvatiya terma jamoasi qarorgohini tark etgani haqida xabar berib o‘tgandi. Futbolchining jarohati borasida "ko‘k-anorranglilar" rasmiy veb-sayti xabar tarqatdi.

«Ivan Rakitich o‘ng oyog‘idagi mushagida cho‘zilish yuz bergan. Uning safga qaytish muddati tiklanish jarayoniga bog‘liq», – deya xabar tarqatdi klub matbuot xizmati.

Rakitich ushbu mavsumda "Barsa" safida 17ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.

UYEFA millatlar ligasi doirasida Angliya - Xorvatiya o‘yini ertaga, 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu bahsda g‘alaba qozongan jamoa musobaqaning final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, Ivan Rakitich Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Betis"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. U navbatdagi turda bo‘ladigan "Atletiko"ga qarshi o‘yinni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 18:06, 17.11.2018.
O'qildi: 5476 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик