Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

La liga. «Eybar» sensasion tarzda «Real»ni tor-mor keltirdi

La liga. «Eybar» sensasion tarzda «Real»ni tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -

Santyago Solari "Real" bilan shartnoma imzolaganiga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ketma-ket 4ta o‘yinda g‘alaba qozongan edi. Ammo mutaxassis klubning rasman bosh murabbiyiga aylandiyu, kutilmaganda qaqshatqich zarbaga uchradi.

La liganing 13-pog‘onasida borayotgan "Eybar" 13-tur doirasida "Qirollik klubi"ni o‘z maydonida qabul qilib, yirk hisobda g‘alaba qozondi. Bu "mitti klub" nomdor raqibni har tomonlama mag‘lubiyatga uchratdi. Solari shogirdlari "Eybar" qarshisida hech narsa qila olishmadi.

Bahsning 16-daqiqasida mezbonlar tomonidan urilgan golni referi dastlab laynsmenga ishonib inobatga olmagandi. Ammo VAR tizimi ofsayd yo‘qligini aniqlab berdi va hisob ochildi. Maydon egalari butun o‘yin davomida dadil o‘yin ko‘rsatdi.

Ayniqsa, ikkinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasi ichida "Eybar" madriddiklarni ikk marta jazoladi. Mezbonlar futbolchisi raqib jarima maydonchasi yaqinida Odriosoladan to‘pni olib qo‘yib, Enrichni zarbavor vaziyatga chiqdi. Serxining zarbasini Kurtua qaytara olmadi. Oradan 5 daqiqa o‘tib mehmonlar himoyachilari va darvozabonning sust harakati tufayli Kike Garsiya uchinchi golni urdi.

Shundan so‘ng ham xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha ustunlik "Eybar" tomonida bo‘ldi. Ular yana ikki marta "Real" darvozasini ishg‘ol qilishlari mumkin edi, ammo ularga omad yetishmadi. Boz ustiga, madridliklar 0:3dan keyin taslim bo‘lib ulgurgandi.

"Eybar" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 18taga yetkazib olgan bo‘lsa, "Real"ning ochkolari 20taligicha qoldi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
"EYBAR" - "REAL MADRID" 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Eskalante, 2:0 – 52 Enrik, 3:0 – 57 Kike.
Eybar – Riyesgo, Kukurelya, Ramis, Paulu Oliveyra, Penya, Orelyana (Alvares, 83), Eskalante, Jordan, Xose Anxel, Enrik (Sharles, 74), Kike (De Blasis, 88).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 54), Ramos, Modrich (Isko, 63), Kroos, Asensio (Vinisius Junior, 74), Sebalyos, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Kukurelya (33), Jordan (36), Beyl (44).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:57, 24.11.2018.
O'qildi: 4931 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.