Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Qoraqalpog‘istonda koreyalik futbolchilar bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘istonda koreyalik futbolchilar bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Orolbo‘yi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forumda BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligidagi Janubiy Koreya delegasiyasi vakillari ishtirok etishmoqda.   Mehmonlar orasida Janubiy Koreyaning Seul shahridagi “Chung-Ang university high school” futbol jamoasi tashrif buyurgan. Mazkur jamoa bugun “Turon” markaziy o‘yingohida Qoraqalpog‘iston Respublikasining U-19 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.    O‘yindan avval stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun katta gala konsert tashkil etildi. Konsert davomida estradamiz yulduzlari va Janubiy Koreya davlatidan tashrif buyurgan ansambl guruhlarining chiqishlari o‘yingohga tashrif buyurgan muxlislarni xushnud etdi.    O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, har ikki jamoa a’zolarining ko‘plab urinishlariga qaramay, uchrashuvda hisob ochilmadi. Endi ertaga  28 noyabr kuni “Chung-Ang university high school” jamoasi Toshkent shahridagi “Milliy” o‘yingohida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasi bilan kuch sinashadi.   Bundan tashqari forum doirasida nufuzli mehmonlar hamda futbol jamoa a’zolari O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari bilan ham yaqindan tanishishni maqsad qilishgan.     
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:37, 27.11.2018.
O'qildi: 3115 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.