Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Kenjatoyning kechinmasi yoki yana Shakiri haqida

Kenjatoyning kechinmasi yoki yana Shakiri haqida

Baho:
+ | -

1991 yilning 10 oktyabrida sobiq Yugoslaviya tasarrufidagi Kosovo respublikasining Gnilan shahrida dunyoga kelgan Jerdan Shakiri Shveysariyada voyaga yetdi. Kosovolik albanlar - Isen va Fotima Shakirilar oilasi bir yoshli Jerdan va boshqa farzandlarini urush xavfidan asrash uchun vatanni tark etishga majbur bo‘lishgandi.

Bolaligi

Tabiiyki, serfarzand (3 nafar o‘g‘il yoniga keyinchalik yagona qiz - Madina ham qo‘shildi) oila uchun begona yurtda ro‘zg‘or tebratish oson bo‘lmadi. Er-xotin tinim bilmay ishlashdi - Fotima shifoxonada farroshlik va nogironlar parvarishi bilan shug‘ullandi, Isen esa bir necha kasblardan o‘ziga mosini topolmay, axiyri fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Bu soha tez rivojlangan bo‘lsada, moddiy muammolarni hal etish uchun kamlik qilardi. Shu sababli bolalar ham qo‘llaridan keganicha uy ishlarida ota-onalariga yordam berishardi. Jumladan, kenjatoy Jerdan otasining asosiy yordamchisiga aylandi. Darslar tugashi bilan bolalar kabi o‘ynash o‘rniga fermaga oshiqardi. Xullas, bu tinib-tinchimas bolakayning kuch-g‘ayrati barchani lol qoldirar, shuncha yumushlardan keyin futbolga vaqt topa olganiga hamma hayron edi. Shu o‘rinda oila boshlig‘ining matonatiga tan bermaslikning iloji yo‘q - Isen qattiqqo‘l ota sifatida tanilgan bo‘lsada, farzandlar istagini e’tiborsiz qoldirmadi. Aynan uning sa’y-harakati tufayli uch og‘a-ini botirlar «August» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilari safidan joy olishdi. Bu paytda kenjatoy Jerdan 8 yoshda edi.

Buni qarangki, murabbiylar ilk mashg‘ulotdayoq uning nafaqat o‘z akalari, balki boshqa bolalardan ham iqtidorliroq ekanligini payqashdi. Unga mahliyo bo‘lib qolgan Rene Sapel shogird mahoratining jadal o‘sishi uchun kerakli choralarni ko‘rdi, Jerdan esa uning ko‘rsatmalarini a’lo darajada bajarishga intildi. Natijada 10 yoshga chiqib ulgurmasidan, «Bazel» skautlari tomonidan... «o‘g‘irlab ketildi». Nufuzli dargohda ham yosh futbolchi uyaltirib qo‘ymadi - 18 yoshida Shveysariya grandi, bir yildan keyin esa milliy terma jamoa safidan joy oldi.

Xorijdagi faoliyati

Qit’aga ovoza bo‘lgan vunderkind 20 yoshida «Bavariya» bilan shartnoma imzoladi. To‘g‘ri, Bundesliganing yetakchi klubidagi raqobat Jerdan uchun og‘irlik qildi - tarkibdan muqim joy ololmagach, Milanning «Inter»iga ravona bo‘ldi. Ayni shu pallada uning yangi jamoasi omadsiz davrni boshdan kechirayotgandi. Aksiga olib, Shakiri ham ishonchni oqlay olmadi. Ammo ko‘pchilikni lol qoldirgan holda yanada nufuzliroq chempionat - APLga yo‘l oldi. Tumanli o‘lkadagi uch yil davomida u kamtarin «Stok Siti» sharafini himoya qilib, «kulollar» yetakchilaridan biriga aylandi. Biroq 2017|2018 yillar mavsumida «Stok» Chempionshipga tushib ketdi. Mazkur omadsizlik top-klublar uchun ayni muddao edi. Shakirini o‘z saflariga chorlashni ular uzoqqa cho‘zishmadi. Noyob iqtidor sohibi esa Manchester grandlari taklifini rad etib, «Liverpul»ni tanladi.

Shaxsiy hayoti

Jerdanning qaysi hurliqoga ko‘ngil qo‘ygani xususida ma’lumot yo‘q. Lekin xushro‘y sportchining qalbini zabt etish orzusida yurgan qizlarning son-sanog‘i yo‘q. Bir paytlari Shakiri o‘z muxlisasidan maktub olgani, unda agar Jerdan uchrashishdan bosh tortsa, o‘z joniga qasd qilishi yozilgani haqida aytib bergandi: «U bilan uchrashdim, samimiy so‘zlar bilan ko‘nglini ko‘tardim, futbolka sovg‘a qildim. Keyin biz do‘stona xayrlashdik».

Shov-shuvga o‘ch kasbdoshlarimiz restoranda Shakiri taniqli model Anjelika bilan chaqchaqlashib o‘tirganiga guvoh bo‘lishdi. Qizg‘in muloqot ta’sirida juftlik chaqirilmagan mehmonni sezmadi. Keyinchalik Jerdan va modelning yonma-yon tushgan surati gazetalar sahifasida paydo bo‘ldi. Ayrim jurnalistlar uning o‘zidan so‘rab ham o‘tirmasdan kuyovga chiqarib qo‘yishdi. «Romeo» esa miriqib kuldi va Anjelika bilan shunchaki do‘st ekanligini ma’lum qildi.

Oilasi

Jerdan o‘z oilasining asosiy tayanchi. Risoladagidek daromad ola boshlashi bilan ota-onasiga yangi uy sovg‘a qildi, eskisida hatto isitish tizimi ham yo‘q edi.

Bolalik davri o‘tgan go‘shani futbolchi shunday xotirlaydi: «Ferma ichidagi ko‘hna binoda bitta kamin bo‘lib, uyni isita olmasdi. Men sovuq haqida o‘ylamaslikka intilardim, qizishib olish uchun tinmay yugurardim. Bu borada akamning sharoiti og‘irroq edi - uning xonasi kamindan uzoqda, qishda 5 qavat adyol yopinib uxlardi».

Qahramonimizning otasi - Isen Shakiri o‘ta qattiqqo‘l inson edi. Jerdan ham og‘ir sharoitda toblanib, irodali yigit bo‘lib ulg‘aydi. Uning mablag‘i tufayli Isen fermadagi ishidan voz kechib, o‘g‘lining personal muxlisiga aylandi.

Onasi - Fotima stadionga ko‘p bormasada, farzandining salomatligini muntazam kuzatib boradi, o‘g‘liga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib turadi. U tayyorlaydigan albancha pishiriqlarni Jerdan juda yaxshi ko‘radi.

Arianit va Erdin Shakirilar - Jerdanning akalari. Erdin «Dardaniya»da markaziy himoya chizig‘ida to‘p suradi, Arianit esa shu jamoada faoliyatini yakunladi. Hozir Myunxenda yashaydi, Riberining yaqin do‘sti.

Madina - futbolchilar triosining erkatoy singlisi, Shveysariyada istiqomat qiladi, vaqti-vaqti bilan Jerdanning o‘yinlarini ko‘rgani stadionga borib turadi.

QiziQishlari

Jerdan sayyohlikni xush ko‘radi, sevimli go‘shasi - Alp tog‘lari. U shuningdek, stol tennisi, bitboksni yoqtiradi, bodibilding muxlisi. O‘z vaqtida Shakiri «Koka-Kola» promouteri ham bo‘lgandi.

Shakiri islom diniga e’tiqod qiluvchi futbolchilardan biri. JCH-2014da Ramazon talablariga to‘liq rioya qilgandi. Garchi ayrim kasbdoshlari ro‘zani tutolmagan bo‘lsalarda, u ro‘zador holida maydonga tushgandi. Ochlik Jerdanning faoliyatiga ijobiy ta’sir etib, Gonduras darvozasiga 3ta gol urdi va jahon chempionatlari tarixidagi 50-«xet-trik» muallifiga aylandi.

Shakiri kelajakda qahvaxona ochish niyatida, rejasini Leonardo di Kaprio bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi. U - amerikalik aktyorning ashaddiy muxlisi. Darvoqe, Shakiri 11 noyabr oqshomida «Liverpul» safida maydonga tushib, «Fulxem» darvozasiga gol urdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 20:31, 28.11.2018.
O'qildi: 2680 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.