Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Umid Ahmadjonov: «Qotib qolgan futbolimizni nimadir qilib uyg‘otmasa bo‘lmasdi»

Umid Ahmadjonov: «Qotib qolgan futbolimizni nimadir qilib uyg‘otmasa bo‘lmasdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

30 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, birinchi marta formati yangilangan holda o‘tkazilgan Superliga yakunlandi.

Kun.uz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi.

— O‘zbekiston futbol mamlakati. Bizda futbol klublari juda ko‘p. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan taqqoslaganda, bizda klublar soni ham, futbolga bo‘lgan qiziqish ham sezilarli darajada yuqori. Jamoalar soni juda ko‘p bo‘lgan mamlakatning yuqori divizionida 12ta jamoa bo‘lishi mantiqsizlik emasmi?

— Yo‘q, mantiqsizlik emas. Masalan, Qozog‘istonda futbol klublari soni kamroq bo‘lsa-da, ularning byudjeti bizning klublarnikidan kattaroq bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi? Biz futbolchilar va shu sohaga e’tibor jihatidan olib qaraganda, Markaziy Osiyoning eng oldi mamlakatimiz.

Shuning uchun ham faqat songa emas, sifatga e’tibor berishni to‘g‘riroq bildik. Quyidan yuqoriga qarab qaysi jamoalar intildi? «Andijon», «Mash’al», «Istiqlol», «Surxon», boring ana, «Dinamo» ham.

Endi ularni ham Superligaga olsak, Pro-ligada kimlar raqobat hosil qiladi? Quyi ligada raqobat bo‘lmasa va Superliga klublari ularni istalgan vaqtda almashtirishi mumkin bo‘lgan klublar pastda tayyorligini his qilmasa, qanday qilib rivojlanadi?

Keyin, futbol mamlakati sifatida baholansa, Angliyayu Ispaniyada 20tadan jamoalar o‘ynaydi, o‘yinlar sifati yuksak. Shu o‘lchov bilan olganimizda, bizning darajamizda 12ta jamoa Superligada ishtirok etishi u qadar past natija emas.

Formatni o‘zgartirganimiz qiziqtirish, futbolimizga yangi qon olib kirish uchun qilingan ish edi. Chunki qotib qolgan futbolimizni nimadir qilib uyg‘otmasa bo‘lmasdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 11:56, 03.12.2018.
O'qildi: 3119 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик