Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«O‘FA Kubogi» musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

«O‘FA Kubogi» musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Toshkentda 2003 yilda tug‘ilgan akademiyalar tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi "O‘FA Kubogi" musobaqasi yakuniga yetdi. Bugun "Milliy" stadionda musobaqaning final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Finalda Samarqand jamoasi Xorazm jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv samarqandliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shunday qilib, Samarqand jamoasi musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Xorazm ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Andijon jamoasiga 3-o‘rin nasib qildi.

Final uchrashuvidan keyin g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, Respublika bolalar va o‘smirlar akademiyasi direktor Grigoriy Ayrapetov, O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiylari Azamat Abdaraimov va Otabek G‘ulomxo‘jayev, FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Temur Kopadzelar ishtirok etishdi. 

Dastlab, musobaqaning eng yaxshilariga sovrinlar topshirildi. "O‘FA Kubogi"ning eng yaxshi darvozaboni Jasur Rajabov (Qashqadaryo), to‘purari - Sherzod Ravshanov (Toshkent shahar) va eng yaxshi o‘yinchisi Sardror Karimov (Andijon) bo‘ldi. 
  Samarqand jamoasiga musobaqaning bosh sovrini taqdim etildi. Shuningdek, barcha sovrindorlarga medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari berildi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:43, 03.12.2018.
O'qildi: 2672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.