Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbek klublari «tovuq» bo‘lishga ham tayyor

O‘zbek klublari «tovuq» bo‘lishga ham tayyor

Baho:
+ | -1

Erta tongdan kayfiyatni ko‘taramiz. Ishga kelishda ajoyib o‘xshatishga ko‘zim tushdi. Masalan, oddiy futbol muxlisi shuni yozganida, indamay ketishim mumkin edi. Biroq bu so‘zlar O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan futbol klubida faoliyat olib boradigan va anchagina hurmatli (kesatmadim) inson tomonidan bitilgandi:

Faraz qiling sizni tovuqxonangiz bor. Ichida bir necha oddiy va bir necha oltindan tuxum qo‘yadigan tovuqlar bor. Oltindan beradiganlari kasal bo‘lib qoldi. Davolash uchun pul kerak. Pulni otadan olish kerak. Endi siz otadan pul olish o‘rniga: "tovuqlarni o‘zi topsin pul" deb o‘tiribsizda”.

Futbol klublarimizni tovuqqa o‘xshatishdi. Bu haqiqiy shedevr o‘xshatish bo‘ldi. Kecha muhokama bo‘lganida, O‘FA prezidenti klublarga pul topib berishi kerak degan masalani ko‘tarishgandi. Yangiliklarni har kuni o‘qiyman, lekin Ispaniya yoki Angliya futbol assosiasiyalari prezidentlari klublarga homiy qidirib yurgani borasidagi xabarga ko‘zim tushmagan. Balki yuqoridagi fikrlar rivojlanishning o‘zbek modeli bo‘lsa kerak.

P.S. Ha, Mirabror Usmonov vaqtida shunday ishlarni ko‘rganmiz. Qo‘lidan kelgani uchun yaxshilik qilgan. Aslida bu uning vazifasiga kirmaydi. Va ko‘ryapmizki, klublar vakillari shu yo‘sinda davom etishni istashadi. Ular tovuq bo‘lishga ham tayyor, ulardan pul topishni talab qilishmasa bo‘ldi.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 08:57, 04.12.2018.
O'qildi: 16104 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик