Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko‘pchilikning o‘zgacha qiziqishini torta olgan O‘zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi.

Anchagina qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni siz-u bizga taqdim eta olgan 2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko‘pchilikka manzur keladigan o‘yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo‘lishdi.

Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deya e’tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi.

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominasiyalarda eng yaxshi bo‘lish uchun nomzodlar nomini e’lon qilib boradi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

MIRJALOL QOSIMOV (“BUNYODKOR”). Ushbu mutaxassis qo‘l ostida "Bunyodkor" jamoasi barqaror o‘yin namoyish etdi va o‘z ishqibozlarini mudom g‘alabalar bilan xushnud etdi. 

ANDREY FYODOROV (“LOKOMOTIV”). Aprel oyida "Lokomotiv" jamoasini biroz muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng qabul qilib olgan ushbu murabbiy qisqa vaqt ichida jamoadagi g‘alaba shashtini qaytara oldi va yakunda "temiryo‘lchilar"ni chempionat oltin medallariga yetaklashning uddasidan chiqdi. 

BAXTIYOR ASHURMATOV (AGMK).  AGMK jamoasi ortda qolgan mavsumni 2 xil o‘tkazdi, deyish mumkin. Olmaliqliklar chempionatda biroz omadsiz yurish qilishdi. Lekin mavsumning ikkinchi yarmini Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostida o‘tkazgan AGMK o‘z tarixida ilk marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritishga erishdi. 

Manba: UZPFL
Kiritildi: 21:31, 12.12.2018.
O'qildi: 3265 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.