Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Lutfilla To‘rayev: «O‘yinlarni sotish? Biz oilamizni halol topgan pulimizga boqamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMKning bir yilda ikkita shov-shuv qayd etishiga bir bahya qoldi.

Olmaliqliklar o‘zlarining 11 yillik tarixlarida ilk bor sovrinni qo‘lga kiritish barobarida, shu yilning o‘zida Superliga bilan xayrlashishlari mumkin edi. Xayriyat, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari yagona o‘yindan iborat «pley-off» uchrashuvida Pro-liga vakili - «Istiqlol» jamoasini mag‘lub etishdi.

O‘yinning 75-daqiqasida Vladislav Kasminin tomonidan bosh bilan urilgan gol tufayli AGMK Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Bu yilgi natijalar shuni ko‘rsatdiki, AGMK o‘z maydonida antirekord qayd etib, muxlislarini ko‘p bor ranjitdi. Jamoa hatto o‘z tarixida eng past ko‘rsatkichga erishgan 2016 yilgi mavsumda ham o‘z maydonida yaxshiroq natija qayd etgan ekan. Bu yil AGMK Olmaliqda o‘tgan 16ta o‘yinda 19 ochko jamg‘arishga erishdi.

Bu borada turnir jadvalidagi o‘rni ham eng past ko‘rinishga keldi. Jamoa 10-o‘rin bilan kifoyalandi. Shunga qaramay, mavsum sovrin bilan yakunlandi. AGMK o‘z tarixida ilk bor OCHL «pley-off» bosqichida ishtirok etadi. Ashurmatov jamoasi guruh bosqichiga chiqish uchun ikki raqib to‘sig‘idan o‘tishi kerak bo‘ladi. Olmaliqliklar 12 fevral kuni ikkinchi bosqichdan o‘rin olgan uchrashuvda Tojikiston chempioni - «Istiqlol»ni qabul qilishadi.

Agar O‘zbekiston kubogi sohiblari Olmaliqdagi o‘yinda g‘alaba qozonishsa, u holda 19 fevral kuni Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi mehmoni bo‘lishadi. Aynan mana shu o‘yin g‘olibi OCHL «A» guruhini to‘ldiradi. Biz AGMK sardori Lutfulla To‘rayevdan mavsum yakunlari va yangi yil rejalari xususida intervyu oldik.

- Lutfulla, avvalambor, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlab olganinglar bilan tabriklayman. Ochig‘i, yilning boshida yoki o‘rtalarida AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritadi, deyishganida deyarli hech kim ishonmasdi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Tabrik uchun rahmat. Nihoyat, uzoq va mashaqqatli davom etgan futbol mavsumi yakunlandi. Biz futbolchilar va murabbiylar qisqa bo‘lsa-da, ta’tilga chiqdik. Jamoamiz ishqibozlari klub tarixida qo‘lga kiritilgan ilk sovrindan juda xursand bo‘lishdi. Aslida ham futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Ularga ana shunday quvonli onlarni hadya eta olganimizdan boshimiz ko‘kka yetdi. Endi savolingizga kelsak, mavsum avvalida klub rahbariyati oldimizga birinchi galda kuchli oltilikdan joy olish vazifasini qo‘ygandi.

Balki ayrimlar uchun erishdek tuyulishi mumkin, lekin aytishim kerakki, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish vazifasi ham bor edi. Buning uchun jamoada katta hajmdagi ishlar olib borilgandi. Ayniqsa, mavsumning ikkinchi qismida o‘zgarishlar katta bo‘lgandi. Shaxsan men o‘yinlarning borishidan kubokni qo‘lga kiritishimizga ishongandim. Ishonch esa istalgan sohada yarim g‘alaba degani.

- Final uchrashuvida 10 kishidan 9 nafari «Paxtakor»ning g‘alabasini taxmin qilgandi. Lekin hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Ayting-chi, bu vazifani qanday uddalading-lar?

- Fikringizga yuz foiz qo‘shilaman. Jamoamizning ichida ham g‘alabaga ishonmaganlar bor edi. Mavsum avvalida qo‘yilgan ilk vazifa - kuchli oltilikka kira olmaganimizdan ke-yin bor e’tiborimizni kubok bahslariga qaratdik. Bilmadim, nazarimda, «Paxtakor» futbolchilari bizni avvaldan mag‘lub etib bo‘lgandek taassurotda maydonga tushishdi. Bu esa ularning zarari, aksincha, bizning foydamizga ishladi. Raqib jamoaning hech bir taktikasi maydonda ish bermadi. O‘sha siz aytgan finalda «Paxtakor» yuz foiz yutadi, deganlarga o‘z o‘yinimiz bilan munosib javob bera oldik. Keyin jamoamizning aksariyat futbolchilari faoliyatlarida hali birorta ham sovrin yutishmagandi. Mana shu jihat ham finalda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi, deb o‘ylayman.

- Final oldidan biroz bo‘lsa-da, qo‘rquv, hadik bormidi yoki shu yerning o‘ziga yetib kelish katta yutuq sifatida qabul qilinganmidi?

- Qo‘rquv demagan bo‘lardim. Lekin yaxshigina hayajon bor edi. Ha, tan olish kerak, finalga yetib kelganimizning o‘zi sensasiya sifatida qabul qilib bo‘lingandi.

- Haligacha ko‘pchilik «Paxtakor»ni mag‘lub etganinglarga ishon-mayapti. O‘sha hayajonni qanday yengdinglar?

- Hayajonni yengish qiyin bo‘ldimi, deyman, kubok finalidan so‘ng o‘zimizga kelish juda murakkab kechdi. Superligadagi ishlarimiz umuman yurishmadi. Ketma-ket mag‘lubiyatga uchradik.

- Final oldidan murabbiy qanday taktika asosida o‘ynash haqida ko‘rsatma bergandi?

- Raqib kuchli bo‘lganligi sababli qarshi hujum taktikasida o‘ynashimiz kerakligi uqtirilgandi. Bizga qaysidir ma’noda «Istiqlol» stadionining maydoni ham yordam berib yubordi. Chunki «Paxtakor» to‘pni yaxshi nazorat qiladigan jamoa hisoblanadi. Maydon holatining talab darajasida emasligi himoyalanayotganlarga har doim qo‘l kelgan. Hujum qilayotgan jamoada esa aksincha holat kuzatiladi. Balki o‘yin davomida esib turgan kuchli shamol ham foydamizga ishlagandir?!

- Ochig‘i, AGMKning kubokdan keyingi mag‘lubiyatlari turlicha talqin qilindi. Ayrimlar hatto O‘zbekiston kubogi sohiblari o‘yinni «berib» yubordi, degan fikrlarni ham ilgari surishdi. Jamoaning yetakchi futbolchisi sifatida bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Biz bunday jirkanch o‘yinlardan yiroq yuramiz. Nahotki, shunday xayolda bo‘lgan, tuhmat qilayotganlar Yaratgandan qo‘rqishmasa? Bizning oilamiz bor va tabiiyki, farzandlarimizni halol ishlab topgan pulimizga boqamiz.

- Ayniqsa, AGMKning o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ga yutqazgani shubha-gumonlarni oshirgandi. Bu  o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Agar biz o‘sha uchrashuvda g‘alaba qozonganimizda, o‘tish o‘yinida ishtirok etmagan bo‘lardik. Ushbu o‘yin bizga kerak edi. Superligadagi o‘rnimizni xatarga qo‘yishdan nima naf? Ko‘rgan bo‘lsangiz, uchrashuvdagi hisobni biz ochgandik. Ke-yin biroz himoyalanib, asosiy e’tiborni qarshi hujumga qaratdik. Mehmonlar standart vaziyatdan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin yana hujumga tashlandik. Bundan esa raqib jamoa futbolchilari unumli foydalanib qolishdi. Ikkinchi golni qarshi hujum natijasida o‘tkazib yubordik.

- Jamoaning kubok finalidan keyin o‘ziga kelib olishi uchun bir nechta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu ruhiyat bilan bog‘liq holatmi?

- Ha, menimcha shunday.

- Superliganing yangi formatda o‘tkazilgani shaxsan sizga ma’qul keldimi?

- Biz bu borada bir narsa desak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Islohotlar natijasida futbolimiz oldinga ketayotgan bo‘lsa, demak o‘zgarishlar zarur. Futbolimiz rahbarlari nima qilishayotganini bilishsa kerak.

- Lekin baribir, avvalgisi bilan farqi bor-ku! Masalan, siz Malayziyada o‘ynagansiz. U yerda tizim boshqa. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda ikki davrali chempionat o‘tkaziladi. Sizga qaysi biri ko‘proq ma’qul bo‘ldi?

- Menga avvalgisi ma’qulroq edi. Masalan, Malayziya chempionatida 12ta jamoa ikki davrali tizimda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Bundan tashqari, yana ikkita kubok musobaqasi ham bor. Jamoalar uchun o‘yinlar soni yetarli.

- Ikkinchi bosqichda, ya’ni jamoalar ikki guruhga bo‘linganidan keyin o‘tkinchi o‘yinlar ko‘payib ketdi, deyishdi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Har kimning fikri turlicha. Bir tomoni borki, biz g‘alaba qozonsak, yutgan o‘yinimiz uchun mukofot puli bor. Ana shu rag‘batni qo‘lga kiritish uchun ham futbolchilar maydonda g‘alaba qozonishga intilishadi. Boshqa jamoalarda qanday, buni bilmadim.

- Agar avvalgi tizim bo‘lganida, ya’ni ikki davrali chempionat o‘tkazilganda, AGMK mavsumni nechanchi o‘rinda yakunlashi mumkin edi?

- Bu - futbol. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Mana, AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritadi, deb deyarli hech kim o‘ylamagandi-ku! Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bir yilning o‘zida ikkita tarix yaratishimizga oz qolgandi-ku! Ya’ni, bir yilning o‘zida ikki bor tarixga kirardik. Xayriyat, hammasi ijobiy yakun topdi. Agar kubok bahslaridagi shiddatni namo-yish eta olganimizda, hozirgi o‘rnimizdan aniq yuqoriroqda bo‘lardik.

- Mavsum yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldimi? Qachongacha ta’til berishdi?

- Hali klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmadi. Ta’tilga kelsak, 20 dekabr kuni Olmaliqda yig‘ilamiz. Boshqa jamoalarga qaraganda, mavsumni ertaroq boshlaymiz. AGMK OCHL «pley-off» bosqichida ishtirok etadi. Tayyorgarlik ham shunga monand bo‘lishi kerak.

- «Istiqlol» bilan «pley-off» o‘yini haqida nima deya olasiz? Qi-yinchilik bo‘lmadimi?

- Oson g‘alabaga erishdik, demagan bo‘lardim. «Istiqlol» birgina o‘yindagi g‘alaba evaziga Superligaga chiqishi mumkin edi. Farg‘onaliklar asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi. Bunday holatda hujum qilayotgan jamoaga oson bo‘lmaydi. Yuzaga keltirilgan ko‘plab xavfli vaziyatlarning faqat bittasidan unumli foydalandik. Burchak to‘pidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildik.

- AGMK bilan shartnomangiz qachon yakunlanadi? Qanday rejalar tuzyapsiz? Jamoada qolasizmi?

- Klub bilan amaldagi shartnomam 31 dekabr kuni yakuniga yetadi. Kelasi yili qaysi jamoada o‘ynashim hali aniq emas. Hozir bor e’tiborimni qisqa muddatli tanaffusdan unumli foydalanib qolishga qaratyapman.

- AGMK o‘z tarixida ilk bor OCHLda o‘ynaydi. Shu ma’noda, o‘zingizda jamoada qolish istagi bormi?

- Albatta, bor.

- Muzokara olib boryapsizmi? Baxtiyor Ashurmatov bilan bu mavzuda hali gaplashmadingizmi?

- Yuqorida aytganimdek, hozir ta’tildamiz. 20 dekabr kuni jamoa ta’tildan qaytadi. Shunda bu mavzuda gaplashib olamiz.

- Boshqa klublardan takliflar bo‘lyaptimi? Yana Malayziyaga qaytish varianti bormi?

- Hozircha jim-jitlik. Yangilik bo‘lib qolishi bilan bu haqda aytaman.

- Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, jamoa tarkibi sezilarli da-rajada kuchaytirilar ekan. Bu borada ma’lumotga ega emasmisiz?

- O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan har qanday jamoa tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Ochig‘i, klub rahbariyatining rejalaridan bexabarman.

- AGMKning OCHLdagi ilk raqibi haqida nima deya olasiz? Klub guruh bosqichiga chiqa oladimi?

- Astoydil harakat qilinsa, albatta, guruh bosqichiga chiqiladi. Buning uchun murabbiylar, futbolchilar, umuman, barcha yagona maqsad yo‘lida birlashishi kerak.

- Tojikiston chempionini mensi-maslik holati kuzatilmayaptimi?

- Aslo bunday holat ro‘y bermasligi kerak. Mana, «Paxtakor» jamoa-si bizni mensimagandi, yakunda nima bo‘ldi? O‘zimiz uchun tegishli xulosalarni chiqarib olganmiz. AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Kuchli jamoalarni mag‘lub eta olishimiz mumkinligini isbotladik. Tarkibimizda tajribali futbolchilar bilan birga iste’dodli, g‘alabalarga chanqoq yoshlar bor. O‘ylaymizki, AGMK OCHLda ham o‘ziga yarasha chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib, tarixni yangilashda davom etadi.

Olmaliqliklar o‘zlarining 11 yillik tarixlarida ilk bor sovrinni qo‘lga kiritish barobarida, shu yilning o‘zida Superliga bilan xayrlashishlari mumkin edi.

Xayriyat, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari yagona o‘yindan iborat «pley-off» uchrashuvida Pro-liga vakili - «Istiqlol» jamoasini mag‘lub etishdi.

O‘yinning 75-daqiqasida Vladislav Kasminin tomonidan bosh bilan urilgan gol tufayli AGMK Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Bu yilgi natijalar shuni ko‘rsatdiki, AGMK o‘z maydonida antirekord qayd etib, muxlislarini ko‘p bor ranjitdi. Jamoa hatto o‘z tarixida eng past ko‘rsatkichga erishgan 2016 yilgi mavsumda ham o‘z maydonida yaxshiroq natija qayd etgan ekan. Bu yil AGMK Olmaliqda o‘tgan 16ta o‘yinda 19 ochko jamg‘arishga erishdi.

Bu borada turnir jadvalidagi o‘rni ham eng past ko‘rinishga keldi. Jamoa 10-o‘rin bilan kifoyalandi. Shunga qaramay, mavsum sovrin bilan yakunlandi. AGMK o‘z tarixida ilk bor OCHL «pley-off» bosqichida ishtirok etadi. Ashurmatov jamoasi guruh bosqichiga chiqish uchun ikki raqib to‘sig‘idan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Olmaliqliklar 12 fevral kuni ikkinchi bosqichdan o‘rin olgan uchrashuvda Tojikiston chempioni - «Istiqlol»ni qabul qilishadi. Agar O‘zbekiston kubogi sohiblari Olmaliqdagi o‘yinda g‘alaba qozonishsa, u holda 19 fevral kuni Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi mehmoni bo‘lishadi. Aynan mana shu o‘yin g‘olibi OCHL «A» guruhini to‘ldiradi. Biz AGMK sardori Lutfulla To‘rayevdan mavsum yakunlari va yangi yil rejalari xususida intervyu oldik.

- Lutfulla, avvalambor, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlab olganinglar bilan tabriklayman. Ochig‘i, yilning boshida yoki o‘rtalarida AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritadi, deyishganida deyarli hech kim ishonmasdi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Tabrik uchun rahmat. Nihoyat, uzoq va mashaqqatli davom etgan futbol mavsumi yakunlandi. Biz futbolchilar va murabbiylar qisqa bo‘lsa-da, ta’tilga chiqdik.

Jamoamiz ishqibozlari klub tarixida qo‘lga kiritilgan ilk sovrindan juda xursand bo‘lishdi. Aslida ham futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Ularga ana shunday quvonli onlarni hadya eta olganimizdan boshimiz ko‘kka yetdi. Endi savolingizga kelsak, mavsum avvalida klub rahbariyati oldimizga birinchi galda kuchli oltilikdan joy olish vazifasini qo‘ygandi.

Balki ayrimlar uchun erishdek tuyulishi mumkin, lekin aytishim kerakki, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish vazifasi ham bor edi. Buning uchun jamoada katta hajmdagi ishlar olib borilgandi. Ayniqsa, mavsumning ikkinchi qismida o‘zgarishlar katta bo‘lgandi. Shaxsan men o‘yinlarning borishidan kubokni qo‘lga kiritishimizga ishongandim. Ishonch esa istalgan sohada yarim g‘alaba degani.

- Final uchrashuvida 10 kishidan 9 nafari «Paxtakor»ning g‘alabasini taxmin qilgandi. Lekin hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Ayting-chi, bu vazifani qanday uddalading-lar?

- Fikringizga yuz foiz qo‘shilaman. Jamoamizning ichida ham g‘alabaga ishonmaganlar bor edi. Mavsum avvalida qo‘yilgan ilk vazifa - kuchli oltilikka kira olmaganimizdan ke-yin bor e’tiborimizni kubok bahslariga qaratdik. Bilmadim, nazarimda, «Paxtakor» futbolchilari bizni avvaldan mag‘lub etib bo‘lgandek taassurotda maydonga tushishdi. Bu esa ularning zarari, aksincha, bizning foydamizga ishladi. Raqib jamoaning hech bir taktikasi maydonda ish bermadi. O‘sha siz aytgan finalda «Paxtakor» yuz foiz yutadi, deganlarga o‘z o‘yinimiz bilan munosib javob bera oldik. Keyin jamoamizning aksariyat futbolchilari faoliyatlarida hali birorta ham sovrin yutishmagandi. Mana shu jihat ham finalda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi, deb o‘ylayman.

- Final oldidan biroz bo‘lsa-da, qo‘rquv, hadik bormidi yoki shu yerning o‘ziga yetib kelish katta yutuq sifatida qabul qilinganmidi?

- Qo‘rquv demagan bo‘lardim. Lekin yaxshigina hayajon bor edi. Ha, tan olish kerak, finalga yetib kelganimizning o‘zi sensasiya sifatida qabul qilib bo‘lingandi.

- Haligacha ko‘pchilik «Paxtakor»ni mag‘lub etganinglarga ishon-mayapti. O‘sha hayajonni qanday yengdinglar?

- Hayajonni yengish qiyin bo‘ldimi, deyman, kubok finalidan so‘ng o‘zimizga kelish juda murakkab kechdi. Superligadagi ishlarimiz umuman yurishmadi. Ketma-ket mag‘lubiyatga uchradik.

- Final oldidan murabbiy qanday taktika asosida o‘ynash haqida ko‘rsatma bergandi?

- Raqib kuchli bo‘lganligi sababli qarshi hujum taktikasida o‘ynashimiz kerakligi uqtirilgandi. Bizga qaysidir ma’noda «Istiqlol» stadionining maydoni ham yordam berib yubordi. Chunki «Paxtakor» to‘pni yaxshi nazorat qiladigan jamoa hisoblanadi. Maydon holatining talab darajasida emasligi himoyalanayotganlarga har doim qo‘l kelgan. Hujum qilayotgan jamoada esa aksincha holat kuzatiladi. Balki o‘yin davomida esib turgan kuchli shamol ham foydamizga ishlagandir?!

- Ochig‘i, AGMKning kubokdan keyingi mag‘lubiyatlari turlicha talqin qilindi. Ayrimlar hatto O‘zbekiston kubogi sohiblari o‘yinni «berib» yubordi, degan fikrlarni ham ilgari surishdi. Jamoaning yetakchi futbolchisi sifatida bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Biz bunday jirkanch o‘yinlardan yiroq yuramiz. Nahotki, shunday xayolda bo‘lgan, tuhmat qilayotganlar Yaratgandan qo‘rqishmasa? Bizning oilamiz bor va tabiiyki, farzandlarimizni halol ishlab topgan pulimizga boqamiz.

- Ayniqsa, AGMKning o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ga yutqazgani shubha-gumonlarni oshirgandi. Bu  o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Agar biz o‘sha uchrashuvda g‘alaba qozonganimizda, o‘tish o‘yinida ishtirok etmagan bo‘lardik. Ushbu o‘yin bizga kerak edi. Superligadagi o‘rnimizni xatarga qo‘yishdan nima naf? Ko‘rgan bo‘lsangiz, uchrashuvdagi hisobni biz ochgandik. Ke-yin biroz himoyalanib, asosiy e’tiborni qarshi hujumga qaratdik. Mehmonlar standart vaziyatdan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin yana hujumga tashlandik. Bundan esa raqib jamoa futbolchilari unumli foydalanib qolishdi. Ikkinchi golni qarshi hujum natijasida o‘tkazib yubordik.

- Jamoaning kubok finalidan keyin o‘ziga kelib olishi uchun bir nechta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu ruhiyat bilan bog‘liq holatmi?

- Ha, menimcha shunday.

- Superliganing yangi formatda o‘tkazilgani shaxsan sizga ma’qul keldimi?

- Biz bu borada bir narsa desak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Islohotlar natijasida futbolimiz oldinga ketayotgan bo‘lsa, demak o‘zgarishlar zarur. Futbolimiz rahbarlari nima qilishayotganini bilishsa kerak.

- Lekin baribir, avvalgisi bilan farqi bor-ku! Masalan, siz Malayziyada o‘ynagansiz. U yerda tizim boshqa. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda ikki davrali chempionat o‘tkaziladi. Sizga qaysi biri ko‘proq ma’qul bo‘ldi?

- Menga avvalgisi ma’qulroq edi. Masalan, Malayziya chempionatida 12ta jamoa ikki davrali tizimda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Bundan tashqari, yana ikkita kubok musobaqasi ham bor. Jamoalar uchun o‘yinlar soni yetarli.

- Ikkinchi bosqichda, ya’ni jamoalar ikki guruhga bo‘linganidan keyin o‘tkinchi o‘yinlar ko‘payib ketdi, deyishdi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Har kimning fikri turlicha. Bir tomoni borki, biz g‘alaba qozonsak, yutgan o‘yinimiz uchun mukofot puli bor. Ana shu rag‘batni qo‘lga kiritish uchun ham futbolchilar maydonda g‘alaba qozonishga intilishadi. Boshqa jamoalarda qanday, buni bilmadim.

- Agar avvalgi tizim bo‘lganida, ya’ni ikki davrali chempionat o‘tkazilganda, AGMK mavsumni nechanchi o‘rinda yakunlashi mumkin edi?

- Bu - futbol. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Mana, AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritadi, deb deyarli hech kim o‘ylamagandi-ku! Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bir yilning o‘zida ikkita tarix yaratishimizga oz qolgandi-ku! Ya’ni, bir yilning o‘zida ikki bor tarixga kirardik. Xayriyat, hammasi ijobiy yakun topdi. Agar kubok bahslaridagi shiddatni namo-yish eta olganimizda, hozirgi o‘rnimizdan aniq yuqoriroqda bo‘lardik.

- Mavsum yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldimi? Qachongacha ta’til berishdi?

- Hali klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmadi. Ta’tilga kelsak, 20 dekabr kuni Olmaliqda yig‘ilamiz. Boshqa jamoalarga qaraganda, mavsumni ertaroq boshlaymiz. AGMK OCHL «pley-off» bosqichida ishtirok etadi. Tayyorgarlik ham shunga monand bo‘lishi kerak.

- «Istiqlol» bilan «pley-off» o‘yini haqida nima deya olasiz? Qiyinchilik bo‘lmadimi?

- Oson g‘alabaga erishdik, demagan bo‘lardim. «Istiqlol» birgina o‘yindagi g‘alaba evaziga Superligaga chiqishi mumkin edi. Farg‘onaliklar asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi. Bunday holatda hujum qilayotgan jamoaga oson bo‘lmaydi. Yuzaga keltirilgan ko‘plab xavfli vaziyatlarning faqat bittasidan unumli foydalandik. Burchak to‘pidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildik.

- AGMK bilan shartnomangiz qachon yakunlanadi? Qanday rejalar tuzyapsiz? Jamoada qolasizmi?

- Klub bilan amaldagi shartnomam 31 dekabr kuni yakuniga yetadi. Kelasi yili qaysi jamoada o‘ynashim hali aniq emas. Hozir bor e’tiborimni qisqa muddatli tanaffusdan unumli foydalanib qolishga qaratyapman.

- AGMK o‘z tarixida ilk bor OCHLda o‘ynaydi. Shu ma’noda, o‘zingizda jamoada qolish istagi bormi?

- Albatta, bor.

- Muzokara olib boryapsizmi? Baxtiyor Ashurmatov bilan bu mavzuda hali gaplashmadingizmi?

- Yuqorida aytganimdek, hozir ta’tildamiz. 20 dekabr kuni jamoa ta’tildan qaytadi. Shunda bu mavzuda gaplashib olamiz.

- Boshqa klublardan takliflar bo‘lyaptimi? Yana Malayziyaga qaytish varianti bormi?

- Hozircha jim-jitlik. Yangilik bo‘lib qolishi bilan bu haqda aytaman.

- Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, jamoa tarkibi sezilarli da-rajada kuchaytirilar ekan. Bu borada ma’lumotga ega emasmisiz?

- O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan har qanday jamoa tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Ochig‘i, klub rahbariyatining rejalaridan bexabarman.

- AGMKning OCHLdagi ilk raqibi haqida nima deya olasiz? Klub guruh bosqichiga chiqa oladimi?

- Astoydil harakat qilinsa, albatta, guruh bosqichiga chiqiladi. Buning uchun murabbiylar, futbolchilar, umuman, barcha yagona maqsad yo‘lida birlashishi kerak.

- Tojikiston chempionini mensi-maslik holati kuzatilmayaptimi?

- Aslo bunday holat ro‘y bermasligi kerak. Mana, «Paxtakor» jamoa-si bizni mensimagandi, yakunda nima bo‘ldi? O‘zimiz uchun tegishli xulosalarni chiqarib olganmiz. AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Kuchli jamoalarni mag‘lub eta olishimiz mumkinligini isbotladik. Tarkibimizda tajribali futbolchilar bilan birga iste’dodli, g‘alabalarga chanqoq yoshlar bor. O‘ylaymizki, AGMK OCHLda ham o‘ziga yarasha chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib, tarixni yangilashda davom etadi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:45, 16.12.2018.
O'qildi: 4270 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.