Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Yurgen Klopp. Kim o‘zi u?! (1-qism)

Yurgen Klopp. Kim o‘zi u?! (1-qism)

Baho:
+ | -

«Liverpul» jamoasi yangi bosh murabbiyning tanishtiruv marosimini o‘tkazmoqda. Yangi murabbiyga savol berishdi:

— Joze Mourinyo o‘zini «benazir» deb ataydi, sizchi?

— Yo‘q, men benazir emasman, lekin soppa-sog‘man!

Matbuot anjumanida kulgu ko‘tariladi...

Bu hammamiz bilgan Kloppninig «Liverpul»dagi ilk matbuot anjumanidan kichik iqtibos edi. Bugun zamonaviy futboldagi eng nomdor murabbiy Yurgen Klopp haqida qisqacha faktlarni keltirib o‘tamiz.

Yurgen Klopp ilk bor 23 yoshda professional futbolda debyut qiladi.

«Mayns» jamoasida avvaliga hujumda, bir mavsumdan so‘ng esa qanot himoyasida ko‘rinish beradi. U boshqa klubda o‘ynamaydi. O‘z jamoasiga sodiq murabbiy karyerasining oxirgi yillarida murabbiylik kurslarida o‘qishni boshlaydi. U kurslarga qatnash uchun kun ora 400 km yo‘lni bosib o‘tishga majbur bo‘lar edi.

«Mayns»da futbolchilik bilan hammani hurmatini qozongan Klopp futbolchilik faoliyatini tugatgach, aynan shu jamoaga murabbiy bo‘ladi. Avvaliga «Mayns» Bundesligaga chiqish uchun kurashda bir ochkoga yengiladi. Keyingi mavsumda esa juda uzoq kutilgan Bundesliga eshiklarini ochishga muvaffaq bo‘ladi. «Mayns» 3 yil mobaynida u yerda qoladi. Hatto Yevropa ligasida ham debyut qilishga ulguradi. Klopp «Mayns»da 3 yil ishlaydi va jamoasi bilan xayrlashib, murabbiylik faoliyatini qisqa muddatga to‘xtatadi.

 

5 oylik tanaffusdan so‘ng unga ikki klubdan birdaniga taklif tushadi. Biri Leverkuzen shahrining "Bayer", yana biri Dortmundning "Borussiya" klubi. Qizig‘i shundaki, Klopp kamroq maosh belgilagan, moliyaviy qiyin ahvolda qolgan Bundesligada 13-o‘rinda borayotgan "Borussiya"ni tanlaydi. O‘sha mavsum Klopp Bundesligada finishga beshinchi bo‘lib yetib keladi.

U "Borussiya"dagi ilk mavsumida shogirdlarini 5 kunga oziq-ovqatsiz, suvsiz o‘rmonda olib qoladi. O‘sha davrlar haqida Levandovski va Roys ko‘p bor intervyularida zavqlanib aytib o‘tishgan. Avvaliga jamoani Bundesligada o‘z o‘rnini topishga yordam bergan Klopp sekin-asta, "sariq-qoralar"ni top-klubga aylantirib yuboradi.

Bundesligada ikki bor muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Klopp Chempionlar ligasidagi finalini alamli tarzda boy beradi. So‘ng "Borussiya"dagi shogirdlarini rahbariyat ko‘tarasiga sotishni boshlab yuboradi. Eng alam qiladigani, asosiy raqiblari «Bavariya» ularni shu yo‘l orqali sezilarli darajada ancha ojizlashtirib yuboradi. Klopp rahbariyat uning futbolchilarini sotishini tomosha qilib tura olmaydi va jamoani tark etadi.

Klopp jahon futboliga Levandovski, Roys, Gyotse, Obameyang, Hummels singari superyulduzlarni tarbiyalab bergan. Dortmund shahri o‘z qahramonini munosib kuzatadi. Uning oxirgi o‘yiniga stadion atrofida minglab muxlislar yig‘iladilar. Ular ichkariga kira olishmaydi, sababi stadion allaqachon muxlislar bilan liq to‘la edi. O‘sha kuni "Signal Iduna Park"ga yig‘ilgan muxlislar tik turgancha, ko‘zlari yoshga to‘lib dunyoning eng kuchli murabbiyini olqishlab kuzatishgan edi...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:56, 17.12.2018.
O'qildi: 11475 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.