Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ot sporti. Tokio Olimpiadasi uchun lisenzion musobaqa Moskvada o‘tkaziladi. Bu biz uchun ajoyib yangilik!

Ot sporti. Tokio Olimpiadasi uchun lisenzion musobaqa Moskvada o‘tkaziladi. Bu biz uchun ajoyib yangilik!

Baho:
+ | -

Sir emaski, ot sporti bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan delegasiya qatnashuvchilar orasida alohida hurmat-e’tiborga loyiq bo‘ladi, qudratli sport mamlakati sifatida qayd etiladi.

Chunki, sportning ushbu turida nafaqat chavandozlar, balki otlarga ham alohida e’tibor qaratish lozimdir. Bungacha O‘zbekiston ot sporti bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan. 2018 yilgi Osiyo o‘yinlariga kelibgina biz ilk marotaba o‘z otlarimiz bilan musobaqada ishtirok etdik.

1991 yildan so‘ng ot sporti bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga lisenziya taqdim etuvchi musobaqalar asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil etilardi. Bu esa Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston uchun ham Olimpiada lisenziyasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini sezilarli ravishda pasaytirib yuborardi. Chunki, veterinariya talablariga ko‘ra otlar Yevropa mamlakatlarida 90 kun karantinda bo‘lishi lozim. Buning natijasida otlar bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati kamayadi. Qolaversa, bu katta harajatlarni talab etadi.

Kuni kecha Xalqaro ot sporti federasiyasining yig‘ilishida Tokio Olimpiadasiga lisenzion musobaqalardan biri Moskva shahrida o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu bizga nima beradi? Yuqorida qayd etilganidek, G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda biz otlar bilan birgalikda Moskva shahriga tezroq yetib boramiz. Shuningdek, otlar uchun 90 kunlik karantin belgilanmagan. Bundan tashqari til, viza bilan bog‘liq muammolar ham biz uchun boshog‘riq bo‘lmaydi, Yevropaga otlar bilan borish uchun sarflanadigan harajatlar ham qisqaradi. Biz sanab o‘tgan «plyus» tomonlar sportchilarimizning lisenziya olish uchun imkoniyatlarini sezilarli ravishda oshiradi.

Qayd etish lozimki, lisenzion musobaqani nisbatan yaqin bo‘lgan Moskva shahrida o‘tkazish uchun Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ot sporti federasiyalari hamjihatlikda ish olib borishdi (Chunki, Markaziy Osiyoda ot sporti bo‘yicha bunday lisenzion musobaqani o‘tkazish uchun jahon standartlari talablariga javob beradigan inshoot mavjud emas. Eng yaqini Moskva shahrida joylashgan). Qolaversa, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan bu borada Xalqaro ot sporti federasiyasiga murojaatnomalar yuborildi. Bu esa o‘z samarasini berdi va Moskva shahri Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Umid qilamizki, 2019 yilning 27-31 iyul kunlari Rossiya Federasiyasi poytaxtida o‘tkaziladigan musobaqada o‘zbek chavandozlari tarixda ilk marotaba Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritadilar. Milliy olimpiya qo‘mitasi bu yo‘lda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasiga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:49, 20.12.2018.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.