Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Muxlislar kechira olmagan «sotqinlar»

Muxlislar kechira olmagan «sotqinlar»

Baho:
+2 | -

Jahon futbolida transferlar odatiy holga aylanib qolgan desak, adashmaymiz. Lekin shunday tranferlar borki, ularni muxlislar hozirgacha hazm qila olishmaydi. Shu haqida...

Karlos Teves

«Manchester Yunayted»dan - «Manchester Siti»ga

Karlitos «qizil iblislar» tarkibida hamma sovrinlarni yutadi. Runi va Ronaldu bilan bir tandem sifatida hujum chizig‘ining oldida harakat qilgan Teves butun Yevropani o‘ziga qarata oladi. «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazish arafasida turgan futbolchiga birdaniga juda ham katta miqdordagi summa yozilgan shartnomani «shaharliklar» taklif qilishadi. Teves hech qanday tushuntirish va izohlarsiz katta moash ilinjida «qizil iblislar»ninig ashaddiy raqibi bo‘lgan «Siti»ga o‘tib ketadi. Muxlislar Tevesninig bu ishini hech ham qabul qila olishmaydi. Ikki jamoa to‘qnashuvida Tevesga atalgan deyarli 50ga yaqin bannerlarni ko‘tarishadi. Bu ham yetmaganidek mashinasining oynalarini bir necha marotaba sindirib ketishadi. Teves vaziyatning chuqurlashayotganini ko‘rgach, video murojaat orqali sobiq jamoasi muxlislaridan uzr so‘raydi.

Mario Gyotse

«Borussiya D»dan – «Bavariya»ga

«Borussiya D» jamoasidagi fantastik mavsumlardan so‘ng unga xaridorlar ko‘payib ketdi. Yigitcha shuhratga uchib, jamoasining yangi shartnomasidan bosh tortadi. Klopp o‘sha paytlar shu voqeaga chiroyli izoh bergandi: “Marioni to‘g‘ri tushunish kerak. U bizga qo‘lidan kelganicha yordam berdi. Endi uni qo‘yib yuborishimiz lozim. Biz «Bavariya»ga yo‘q demaymiz”.

Lekin o‘zi shundog‘am zaiflashib qolgan jamoani tashlab ketishini dortmundlik muxlislar kechira olishmadi. Mario «Signal Iduna Park»ga mehmon bo‘lib kelganida aqlbovar qilmas hushtakbozlik boshlanadi. Ayniqsa, muxlislar ommaviy ravishda Gyotseninig sariq-qora liboslarini ochiqchasiga yoqib yuborishadi. Bu keyinchalik stadiondan Internetga ko‘chadi. Mario balki shu sabab, balki jarohat sabab «Bavariya»da o‘ynab keta olmaydi.

Luish Figu

«Barselona»dan – «Real Madrid»ga

Mana buni kataloniyaliklar haligacha hazm qila olishmaydi. Figu «Barsa» bilan 5 ta ajoyib mavsum o‘tkazadi. Klublar doirasida hamma yutuqlarga erishadi. U muxlislarninig yoqimtoyi va kataloniyaliklarninig eng sevimli o‘yinchisi edi. Birdan matbuotda Figuninig «Real»ga o‘tgani haqida tarqalgan xabardan butun Kataloniya shok holatiga tushub qoldi. Sababi, Figu «Real» bilan shartnoma imzolamasligini, bu shunchaki muzokara ekanligini aytib muxlislarni tinchlantirgan edi. Lekin «Real»ninig moliyaviy qudrati shunchalik ediki, Figuni Madridga olib ketish uchun o‘sha paytda aqlbovar qilmas summa - 37 million yevroni bemalol to‘lab beradi.

«El-klasiko»dagi ilk uchrashuvidayoq «Real» safida «Nou Kamp»ga kelgan Figu o‘sha uchrashuvni haligacha tushlarida ko‘rsa ajab emas. Chunki uchrashuv hakami bir necha marotaba o‘yinni to‘xtatib turishga majbur bo‘ladi. Kataloniyaliklar ochiqchasiga Figuga qo‘lga ilingan narsani uloqtirib, norozilik ko‘rsatishadi. Hatto burchak to‘pini tepishga kelayotgan Figuga cho‘chqaninig kallasini uloqtirishadi...

Figu «Real Madrid»da «Barsa»da o‘ynagandek o‘ynab keta olmaydi. Oradan 4 yil o‘tgach, Figu Portugaliyada bo‘lgan Yevro-2004da Gresiya termasiga qarshi uchrashuvda bir muxlis tomonidan qattiq izza qilinadi. Muxlis maydonga tushib keladi va yugurgancha Figu tomon kelib, uning yuziga «Barsa» emblemasi tushirilgan sharfni uloqtirib ketadi... «Barsa» muxlislari uni haligacha sotqin deya atashadi...

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 17:03, 24.12.2018.
O'qildi: 20090 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.