Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Gvardiola: «Hozirda «Liverpul» va «Tottenxem» bizdan kuchliroq»

Gvardiola: «Hozirda «Liverpul» va «Tottenxem» bizdan kuchliroq»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionatining 19-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Lester»ga qarshi o‘yin (1:2) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugungi bahs ham «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinga o‘xshash bo‘ldi. Biz uchrashuvni yaxshi boshladik, ammo raqibning ilk hujumidayoq gol o‘tkazib yubordik. Bunday vaziyatlarda bizga ruhiy kuch yetishmayapti.

Buni to‘g‘ri tushungan holda sidqidildan ishlashimiz lozim. O‘zimizga ishonchni qaytarish uchun bitta o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Tabiiyki, o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlay olmayotganimiz bizni xavotirga solmoqda. Futbolda muhimi — natija. Biz esa mag‘lub bo‘ldik.

To‘rt kundan keyin navbatdagi o‘yinda maydonga tushamiz. O‘z ustimizda ishlaymiz va o‘zgacha kayfiyatda maydonga tushamiz.

Mavsum hali olis. Ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlarimiz bor. Ko‘p vaziyat yaratish uchun bizga kuch yetishmadi. Biz vaziyatdan chiqib ketish uchun yechim topishimiz kerak.

«Liverpul» va «Tottenxem» jadvalda haqli ravishda bizdan yuqorida turibdi. Ular o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonishmoqda, biz esa yo‘q. Oradagi farq oshdi. O‘tgan mavsumda biz katta farq bilan oldinga o‘tib ketgandik. Ushbu mavsumda «Liverpul» va «Tottenxem» juda yaxshi o‘ynamoqda.

Mavsumning birinchi yarmi ortda qoldi. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun yetarli ochkolarga egamiz, lekin boshqa jamoalar yaxshiroq ildamlamoqda. Ular hozirda bizdan kuchliroq.

Futbolda oldindan hech narsani aytib bo‘lmaydi. U shunisi bilan go‘zal. Odamlar o‘tgan mavsumda bizga oson bo‘lganini aytmoqda, aslida unday emas. O‘tgan mavsumda ham qiyin bo‘lgandi», – dedi Gvardiola.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:27, 26.12.2018.
O'qildi: 6276 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик