Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osiyo Kubogi-2019. BAAga boradigan sayyoxlar pasportiga yangicha shtamp urilyapti (foto)

Osiyo Kubogi-2019. BAAga boradigan sayyoxlar pasportiga yangicha shtamp urilyapti (foto)

Baho:
+ | -

Navbatdagi Osiyo Kubogi startiga nihoyatda kam vaqt qolmoqda. Ma’lumki, har yili BAA millionlab sayyohlarni qabul qiladi.

Turli mamlakat fuqarolari umrida bir marta bo‘lsa ham Dubay, Abu-Dabi kabi shaharlarga borishni orzu qiladilar.

Osiyo Kubogi esa yanvarni BAAda o‘tkazish uchun eng asosiy sabab bo‘la oladi.Endilikda BAA hududiga kirgan har bir turist uchun pasportiga yangi shtamp uriladi.

Yangicha shtampda Osiyo Kubogi-2019 logotipi ham aks etgan. 30 dekabrdan pasport nazorati hududlarida xorijliklar pasportiga yangi shtamp urish boshlandi, bu 1 fevralga qadar davom etadi.

Tashkilotchilar shu orqali ham musobaqani yuqori darajada targ‘ib qilishni maqsad qilishgan.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:59, 02.01.2019.
O'qildi: 5190 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик