Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

APL. «Manchester Siti» «Liverpul»ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni «tortiq» qildi

APL. «Manchester Siti» «Liverpul»ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni «tortiq» qildi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasida nafaqat Boxing Day'ning, balki mavsumning eng uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Liverpul" klubi, safarda "Manchester Siti" mehmoni bo‘lganiga qaramay, o‘yinda favorit hisoblanayotgan edi.

Mersisaydliklar bahsning 19-daqiqasida hisobni ochishga yaqin kelishdi. Salohning uzatmasidan keyin Mane darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to‘p uchun futbolchilar kurash olib borishi natijasida to‘p darvoza tomon keta boshladi. So‘nggi pallada Stounz "Siti"ni goldan qutqarib qoldi.



Birinchi bo‘lim tugashiga 4 daqiqa qolganida Gvardiola shogirdlari hisobni ochishdi. David Silva chap qanotdan darvozaning yaqin ustuni tomon uzatma berdi. Aguero Lovrenga nisbatan chaqqonroq harakat qilib, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va muvozanatni tiklashdi. Aleksander-Arnold o‘ng qanotdan diagonal pas bilan jarima maydonchasining olis tomoniga uzatma berdi. Robertson to‘pni yerga tushirmasdan narigi ustun tomon yetkazdi. Firmino bosh bilan bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "shaharliklar" yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Sterlingdan uzatma qabul qilgan Leroy Sane o‘zining chap oyog‘i bilan 12 metrlardan aniq zarba bilan darvozani zabt etdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarda "Manchester Siti" qarshi hujumda kamida 2ta ajoyib imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo mezbonlarga bu vaziyatlarda omad yetishmadi.

Shunga qaramay, "Man Siti" muhim o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Endi "Liverpul" asosiy ta’qibchisidan 4 ochko oldinda bormoqda. APLda hali hammasi oldinda!

APL, 21-tur
Manchester Siti – Liverpul 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Aguero, 1:1 – 64 Firmino, 2:1 – 72 Sane.
Manchester Siti – Ederson, Kompani (Otamendi, 88), Danilo, Stounz, Laport (Uoker, 86), Silva (Gyundogan, 65), Fernandinyo, Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Starridj, 86), Xenderson, Milner (Fabinyo, 57), Mane (Shakiri, 77), Salax, Firmino.
Ogohlantirishlar: Lovren (20), Kompani (31), Veynaldum (38), Laport (45), Bernardu Silva (89), Ederson (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:02, 04.01.2019.
O'qildi: 6913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик