Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Osiyo kubogi yulduzlari

Osiyo kubogi yulduzlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Sardor Azmun (Eron) «Rubin»- Rossiya

Forslarning chinakam 9-raqamli hujumchisi nafaqat Osiyo, balki Yevropada ham nom chiqarishga ulgurdi. Ayniqsa Qurbon Berdiyev qo‘l ostida «Rostov» klubi sharafini himoya qilgan paytlari xatto bir nechta yevropa grandlarini o‘ziga qarata oldi.Hozirda Eronning eng nomdor futbolchilardan biri bo‘lib turgan hujumchi, Osiyo kubogi osmonini bemalol bezay oladi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Metyu Rayan (Avstraliya) «Brayton» - Angliya

Haqiqiy jangchi darvozabon. Hozirda o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan Avstraliyani bemalol ruhlantira oladigan yulduz o‘yinchi. Bu mavsum APL da jamoasining ishlari u qadar yurishmayotgan bo‘lsa ham, darvozabon o‘z ishini uddasidan chiqmoqda. AFC rasmiy sayti bu futbolchini Osiyoning eng mashhur 10 ta futbolchisidan biri deb bejiz atamagan bo‘lsa, ajab emas!

 

Odil Ahmedov (O‘zbekiston)«Shanxay» - Xitoy

Bir necha yillardan beri yurtimiz termasini yelkasida ko‘tarib yurgan futbolchimiz, so‘zsiz Osiyo kubogining mashhur shaxslaridan biri hisoblanadi. O‘z vaqtida transfer bozorida narxi 20 milliongacha ko‘tarilgan yurtdoishimiz haligacha Osiyoning yuzi sifatida qayd etiladi. Bu uning uchun oxirgi Osiyo kubogi bo‘lishi ham mumkin. Shu sabab, yurtdoshimizga faqat va faqat g‘alabalar tilab qolamiz.

Maya Yoshida(Yaponiya)«Sautgepmton» - Angliya

Samuraylar himoyasining yuragi hisoblangan Yoshida APL da ham ishonchli o‘yinlarini davom ettirmoqda. U termasi uchun ham juda foydali futbolchi hisoblanadi. Osiyo kubogining yana bir nomdor futbolchisidan Yaponiyaning umidi katta. Undagi tajriba ularga qo‘l kelishi aniq.

Son Hyun Min (Janubiy Koreya)«Tottenhem» -Angliya

Hozirda naqd 60 millionga bahalonayotgan bu yigitni «Osiyo brilliant» deb atasak ham bo‘ladi. APL dagi o‘yinlari bilan hammani o‘ziga qarata olgan qahramonimiz hozirda fantastik formada. Bu yilgi Osiyo kubogida undan chiroyli o‘yinlarni kutib qolamiz.

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 14:47, 04.01.2019.
O'qildi: 7716 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик