Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bulung‘urda yangi sport inshootlari foydalanishga topshirildi

Bulung‘urda yangi sport inshootlari foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Respublikamizning turli hududlarida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan yangi sport inshootlari foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edik.

Shu kabi zamonaviy sport inshootlari Bulung‘ur tumanida ham foydalanishga topshirildi. Tumandagi bolalar-o‘smirlar sport maktabiga yangi 18x42 hajmda universal sport zali qurildi hamda “Mingchinor” o‘yingohi kapital rekonstruksiya qilindi.

Sport inshootining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari SH.Mo‘minjonov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori I.Mirzayev, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i SH.Ro‘ziyevlar ishtirok etdi.

Foydalanishga topshirilgan ushbu sport inshootlari kelajakda yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirib, ularni nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlarida poydevor bo‘lishi hamda tumani aholisini sog‘lomlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Sport inshootini qurish va kapital ta’mirlash ishlari “Temir qalqon” MCHJ tomonidan amalga oshirildi hamda muassasa Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan zarur sport inventarlari bilan jihozlandi.

Ayni paytda, sport maktabida 23 nafar murabbiylar qo‘l ostida 1000 nafarga yaqin yoshlar 13 ta sport turi sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 19:12, 05.01.2019.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.