Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Umid Ahmadjonov «Bunyodkor» haqida: «Ich-ichidan chirib bitayotgan klub haqida nima deyish mumkin?»

Umid Ahmadjonov «Bunyodkor» haqida: «Ich-ichidan chirib bitayotgan klub haqida nima deyish mumkin?»

Baho:
+2 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2019 yil kirib kelishi bilan Kun.uz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi. U «Bunyodkor» klubi atrofidagi vaziyat va O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumdagi formati haqidagi savollarga javob qaytardi.

— Ma’lum muddat mamlakatning eng kuchli jamoasi bo‘lgan, xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan «Bunyodkor» klubi o‘z mavqeini yo‘qotgandan yo‘qotib bormoqda. Avvaliga jamoa jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qoldi, jamoaning uy stadioni xodimlari ish haqi to‘lanmagani bilan bog‘liq muammo yuzaga chiqdi, keyin stadion nomi o‘zgartirildi. Yaqinda jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klubni tark etdi.

Endi klub futbolchilari har tomonga tarqalib ketmoqda, bir necha futbolchisi «Paxtakor»ga borib qo‘shildi, yana bir nechasi sobiq murabbiy ortidan Olmaliqqa borishi kutilmoqda. Voqealar rivoji nimaga olib boradi?

— Savolingizni tushundim. Biroq bu savol aslida «Bunyodkor» rahbariga berilsa, to‘g‘riroq bo‘lardi. Shuncha muammosi bor, ammo na klub muxlislariga va na jamoatchilikka aniq gap aytadi.

Moliyaviy qiyinchiliklarga sababchi ham klub rahbarlari. «Bunyodkor»da avval pul bo‘lmagan deysizmi? Doim bo‘lgan, biroq aql bilan sarf etilmagan. Qanaqadir legionerlar sababli qarzga botib ketdi. Axir bunga O‘FA aybdormasku? Mana shu muammolar avvaldan ham bor edi, o‘tgan mavsum arafasida ham bor edi. Ammo klub yallo qilib Dubayda yurdi, bilganini qildi. Biroq o‘sha qarzlardan qutulish haqida o‘ylab ham ko‘rishmadi. Bunga kim javob berishi kerak?

«Bunyodkor»da hech qachon uy stadioni bo‘lmagan. Ha, stadion jamoa uchun qurilgan. Biroq yillar davomida hech kimga tegishli bo‘lmay yotavergan. Shuncha pulni chet ellik futbolchilarga sochishni bilishdi, biroq boshqa ishlar haqida hech kim o‘ylamagan, hech kim hisob bermagan. Tayyor pulni sovurib, mavsum o‘tkazishni hamma ham eplay olardi. 

Mirjalol Qosimovning o‘rnida men ham bunday klubdan ketgan bo‘lardim. Haliyam Qosimov oxirigacha tishini-tishiga qo‘yib, hamma narsa uchun chidab ishladi. Rahbariyat nima qildi? Lushchan bilan masala hal bo‘ldimi? Simonenko masalasi-chi? Shomurodov uchun munosib pul to‘langan deb o‘ylaysizmi? Doston Hamdamov masalasi-chi? Og‘izdagi oshni oldirib o‘tirishibdi. Otabek Shukurov ham ketdi, Aziz Haydarov ham ketdi. Hech bo‘lmaganda Qosimovni ham saqlab qola olishmadi.

So‘nggi vaqtlarda yanada xunukroq gaplarni eshityapman. «Bunyodkor»da non topgan, shu klubda ishlagan ayrimlar endi shu klub futbolchilarini boshqa klublarga nasiya qilayotganlar ham ekan. Ich-ichidan chirib bitayotgan klub haqida nima deyish mumkin? Bu tashqi ta’sir emas, bu xuddi olmani ichidan chiritayotgan qurtdek gap..»,-deydi Axmadjonov Kun.uz saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 10:23, 06.01.2019.
O'qildi: 13001 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.