Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

2019 yilda kelishilgan o‘yinlarga qarshi jiddiy kurash boshlanadi

2019 yilda kelishilgan o‘yinlarga qarshi jiddiy kurash boshlanadi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakat futbolini oyoqqa turg‘azish yo‘lida qator chora-tadbirlar ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, shu sohadan non topayotgan, biroq futbolni botqoqqa botirish, uning prinsiplarini mensimaslik, o‘z manfaati yo‘lida jamoasi va hatto muxlislarini ham sotib yuboradigan kimsalar bor.

2019 yilda O‘FA hamda PFL bu kabi illatlarga va bunday jinoyatchi shaxslarga qarshi jiddiy kurash olib boradi. 

Ayni vaqtda Professional futbol ligasi kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash yo‘lida prokuratura va boshqa tegishli organlar bilan hamkorlikda ishlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bungacha O‘FA qoshida yuqoridagi kabi ishlarni aniqlash maqsadida alohida bo‘lim tashkil qilingandi.

Mazkur bo‘lim shubhali ko‘ringan va isboti jinoiy javobgarlikkacha tortish uchun kamlik qiladigan qator ma’lumotlar to‘pladi. Ammo, kelishilgan o‘yinlar borasidagi noxush xabarlar, muxlislarning bunday o‘yinlarga bo‘lgan e’tirozi kamayib qolmadi. Endi esa O‘FA ishni yuqoridagi kabi organlarga topshirish niyatida. 

Bunda bir jihatga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Ayni holatda davlat organlari futbolning ichki ishlariga aralashgan bo‘lib chiqmaydi. Balki, O‘FA futboldagi illatlarni yo‘qotish uchun organlar yordamiga o‘z xohishi bilan suyanayotgan sanaladi. Mazkur tashabbusni OFK ham, FIFA ham qo‘llab-quvvatlaydi. 

Bungacha PFL kelishilganlikda gumon qilingan qator uchrashuvlar haqida ma’lumotlar qabul qilib olgandi. Mazkur jamoalar ertaga — 7 yanvar kuni rasman ogohlantiriladi. Garchi o‘sha uchrashuvlar kelishilganligi borasida aniq dalillar yo‘q bo‘lsa-da, klub mutasaddilari buning uchun tushuntirish berishi shart. 

PFL vakillari futbol olamida faoliyat olib borayotgan, totalizatorlarda ishtirok etadigan, ba’zida sovrinlar ham yutishga ulgurayotgan ayrim mutaxassislar haqida faktsiz bo‘lsa-da, tasavvurga ega. Agar ular faoliyat olib borayotgan jamoa haqida OFK yoki boshqa tashkilotlardan gumonlanuvchi o‘yinlar borasida ma’lumot kelib tushsa, O‘FA rahbariyati ularni asossiz ham futboldan chetlashtirish ishini ko‘rib chiqadi. Mana shunday noinsof kishilarning 4-5 nafari futbol bilan bir umrga xayrlashsa, futbol rivoji to‘xtab qolmaydi. Muhimi, uning ichi bir qadar tozalanadi va qolgan ayrim kishilar oz bo‘lsa-da insofga keladi. 

Shuningdek, quruq gaplar emas, aniq faktlari bo‘lgan, kelishilgan o‘yinlarni ochishda yaxshi ma’lumotlari bor bo‘lgan futbolchilar, murabbiylar va klublar rahbarlari bu haqda ma’lumot berishlari so‘raladi. Ularning shaxsi imkon bergunicha sir tutiladi, ommaga oshkor qilinmaydi. Mana shunday pastkashlikka burkangan ishlar aniqlangudek bo‘lsa, PFL bu ishga hissa qo‘shganlarni mukofotlashga ham tayyor. Mamlakat futboli rivoji uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:22, 06.01.2019.
O'qildi: 5737 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.