Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Joau Kanselu jarohatidan tiklanib safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan. U 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Milan”ga qarshi Superkubok bahsida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi dekabr oyida jarohat olib, o‘ng oyog‘idan operasiya qilingan edi.