Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Osiyo Kubogi kubogi kundaligi, 8-kun: Match day!

Osiyo Kubogi kubogi kundaligi, 8-kun: Match day!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun ajoyib g‘alabaga erishdi. Qiyin, lekin muhim g‘alaba! Hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflash qiyin.

Taassurortlar bir olam.  Qaysi biridan boshlab, qaysi biridan tugatishni bilmay turibman.  Match dey, ya’ni o‘yin kuniga tayyorgarlik yarim kechasidan boshlandi.

Bosh murabbiy yordamchisi Mahmud Fayoz bilan terma jamoa operatori Jamol Solihov futbolchilar yashaydigan xonalarga mana bunday ajoyib suratlarni ilib chiqishdi.

Kechki taom paytida bugun tavallud kunlarini nishonlayotgan Ikrom Aliboyev va terma jamoa shifokori Abror Pirriyevni butun jamoa tabrikladi. O‘z tug‘ilgan kuningda terma jamoa g‘alabasidan ko‘ra yoqimliroq sovg‘a bo‘lmasa kerak!

Kundaligim oxirida terma jamoamiz posboni Nesterov haqida alohida to‘xtalmoqchiman. Ignatiyni yaqindan bilganlar uning tortinchoq va kamgap ekanini yaxshi bilishadi. Lekin bugungi g‘alabadan keyin darvozabonimiz ancha quvnoq va hazilkash insonga aylandi. OFK vakillari undan intervyu olishayotganda chin dildan gapirdi. “Bu mening oxirgi Osiyo Kubogim, g‘alaba uchun borimni berishga harakat qilaman”, dedi.

Intervyudan keyin Nesterovni doping-testga taklif qilishdi. Bu oddiy jarayon bo‘lib, musobaqa tashkilotchilari har bir o‘yindan keyin qur’a tashlash orqali qaysi futbolchi doping tekshiruvdan o‘tishini aniqlashadi. Bu safargi tekshiruv Nesterov chekiga tushdi.

“Bu 5-Osiyo Kubogida qatnashyapti, bunda bir gap bor deb, endi har bir o‘yindan keyin mendan doping-test olaverar ekansizlar-da”, - deb hazillashib qo‘ydi Nesterov OFK mutasaddilari bilan.

Ertaga Dubayga ko‘chib o‘tamiz. U yerda Turkmanistonga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Juda ham muhim o‘yin. G‘alaba bizga keyingi bosqich eshiklarini ochadi. Boshqa natijani esa o‘ylagimiz ham kelmayapti.

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i

Sharja, BAA

Manba: UFA
Kiritildi: 02:19, 10.01.2019.
O'qildi: 5955 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.