Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

«Navbahor» Qrimga yo‘l oldi

«Navbahor» Qrimga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

«Navbahor» jamoasi ilk xorij yig‘inini o‘tkazish uchun Qrimga yo‘l oldi.
To‘g‘risi, «Navbahor» oxirgi marta qachon chet elda yig‘in o‘tkazganini eslolmadim ham. Esimda, 2010 yil jamoamiz Ukrainaning serquyosh Alushta o‘lkasida Viktor Jalilov boshqaruvida mashg‘ulotlar olib borgandi. Hozirgi yig‘inlar shuni anglatmoqdaki - klubga e’tibor kuchli. Buning uchun rahbarlarga minnatdorchilik bildirsak arziydi.

Demak, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qrimga quyidagi futbolchilar yo‘l olishgan:
Mirzohid Mamatxonov, G‘iyos Komilov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Slavko Lukich, Shahzod Shaymonov, Abdujamol Isroilov, Ulug‘bek Aknazarov, Zafar To‘rayev, Bahodir Nasimov, Aleksandr Kasyan va bir nechta yosh futbolchilar.

Xorijdagi yig‘in davomida tarkibga legioner futbolchilar qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Qrimdagi yig‘in o‘n kun davom etadi. U yerda ikkita nazorat uchrashuvi ham tashkil etiladi. Raqiblarning biri mahalliy «Tavriya» jamoasi bo‘ladi.

Terma jamoalarimiz ixtiyorida bo‘lib turgan Oston O‘runov, Aziz Turg‘unboyev, Davron Hoshimov va boshqa yangi futbolchilar jamoamizning keyingi yig‘inidan tarkibga qo‘shilishadi.

Manba: FCMuhlis
Kiritildi: 20:01, 19.01.2019.
O'qildi: 3158 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик