Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

Baho:
+ | -
Avval xabar berib o‘tganimizdek, futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi oldiga ham Tokio 2020 Olimpiadasi lisenziyasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgandi.   Shu maqsadda terma jamoa uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayni paytda qizlarimiz Toshkent viloyatidagi «Chorvoq» oromgohida tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini olib borishmoqda.   Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etishdan maqsad terma jamoa uchun nomzodlarni yana bir marotaba sinovdan o‘tkazish, ularning funksional holatini tekshirish va jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari futbolchi qizlarimizning ruxiy tayyorgarligiga ham yig‘in davomida alohida e’tibor qaratiladi.   Bungacha terma jamoa tayyorgarlikning birinchi bosqichini 5-15 yanvar kunlari poytaxtimizdagi «Chig‘atoy» sport bazasida olib bordi. Hozirda «Chorvoq» oromgohida o‘tkazilayotgan yig‘in esa 19 yanvar – 9 fevral kunlariga mo‘ljallangan. Tayyorgarlikning uchinchi (10-15 fevral) va to‘rtinchi (20-24 fevral) bosqichi «Chig‘atoy» sport bazasida davom ettiriladi. So‘ngra qizlarimiz beshinchi bosqich doirasida 25-fevral – 6 mart kunlari Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadilar. Qolaversa, 15-21 mart kunlari Jizzaxda ham xalqaro turnir tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.   1-12 aprel kunlari esa Olimpiya o‘yinlariga saralash turnirining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinlar katta ehtimol bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 13 fevral kuni tashlanadigan qur’ada terma jamoamizga raqiblik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ladi.   Shuni alohida qayd etish lozimki, ayni paytda «Chorvoq» oromgohida davom etayotgan yig‘inda terma jamoamiz bilan birga yengil atletika bo‘yicha mutaxassis ishlamoqda. Aynan u qizlarimizning jismoniy holatini kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib turibdi. Bugun yig‘inda qatnashayotgan futbolchilarning funksional tayyorgarligi tekshirildi.   Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yig‘inda quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:   Darvozabonlar: Maftuna Jonimkulova – «Sevinch» Gulandon Boymatova – «Metallurg»   Himoyachilar: O‘g‘iloy Qo‘chqorova – «Bunyodkor» Dilrabo Asadova – AGMK Soliha Husniddinova – «Bunyodkor» Xolida Dadaboyeva – «Metallurg» Dilnoza Bektemirova – «Bunyodkor» Feruza Boboxo‘jayeva – «Sevinch» Maftuna Shoyimova – «Sevinch» Tanzilya Zarbiyeva – «Sevinch» Aziza Norboyeva – «So‘g‘diyona»   Yarim himoyachilar: Dildora Nozimova – «Metallurg» Umida Zoirova – «Bunyodkor» Feruza Turdiboyeva – «Metallurg» Fazilat Bahromova – «Sho‘rtan» Rushaniya Safina – «Metallurg» Malika Burxonova – «Sevinch» Maftuna Panjiyeva – «Sevinch»   Hujumchilar: Nilufar Qudratova – «Sevinch» Shaxnoza Qurbonova – «Sevinch» Diyora Xabibullayeva – «Metallurg» Kamola Berdiyeva – «Lokomotiv» Nilufar Dadajanova – «Andijanka»   Bosh murabbiy: Bahrom Norsafarov Katta murabbiy: Gulnora A’zamova.


Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:54, 26.01.2019.
O'qildi: 2770 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.