Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Andijon» o‘z futbolchilarini Superliga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkinin

«Andijon» o‘z futbolchilarini Superliga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkinin

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 2018 yil yakunlariga ko‘ra, sport sohasidagi eng yaxshilarni taqdirlash maqsadida o‘tkazgan “Milliy sport mukofoti-2018” taqdirlash marosimida "Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov taqdirlanganidan xabaringiz bor.

Qayd etish joizki, aynan Andijon viloyati hokimi tashabbusi va nazorati ostida “Andijon” klubi yangi mavsumga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Jumladan, Superligaga qaytgan klub o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi “Sog‘lom avlod” stadionida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. O‘yingoh rekonstruksiyasi uchun 11 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunga kelib allaqachon ancha salmoqli ish ko‘lami bajarib bo‘lindi.

O‘yingoh chimini yangilash maqsadida avvalgi maysalar olib tashlandi. Endilikda stadion maydonini zamonaviy drenaj tizimi orqali sug‘orish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yaqin kunlar ichida Gollandiyadan 120 000 dollar evaziga mutaxassislar 5 yilgacha yaxshi holatini saqlab qolishiga kafolat bergan yangi chim olib kelib o‘rnatiladi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, “Sog‘lom avlod” stadioniga yangi chim joylashtirilganidan 6 kun o‘tib maydonda bemalol futbol uchrashuvini o‘tkazish mumkin ekani golland mutaxassislari tomonidan ta’kidlandi. Chimni joylashtirish va uning yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida golland mutaxassislari 1 oy davomida Andijonda bo‘lishadi va jarayonni nazorat etib turishadi. 

Tribuna va futbol maydonini ajratib turuvchi 2.20 m balandlikdagi setkalar endilikda 1 metr balandlikdagi to‘siqlar bilan almashtirildi.

Shuningdek, tez kunlarda Xitoydan maydon chetida joylashadigan elektron reklama shitlari va 11.30 x 7.20 m kattalikdagi zamonaviy tablo olib kelinadi.

Yana bir e’tiborga molik jihat shundan iboratki, stadion tribunalaridagi barcha o‘rindiqlar yangilanib, ular klubning asosiy ranglari – oq va ko‘k ko‘rinishga keltirilmoqda. Shu maqsadda 20 000 dona yangi o‘rindiq buyurtma qilingan bo‘lib, ularni o‘rnatish jarayoni boshlab yuborildi.

Stadion yoritish tizimi ham yangilanmoqda. Hozirga qadar 650 million so‘m evaziga yangi chiroqlar o‘rnatib ulgurildi. Jarayon yakunlangach, yoritish tizimi talablarga to‘la javob beradigan va kechki payt ham futbol uchrashuvlarini bemalol o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, klub marketing sohasini rivojlantirish borasida ham ish olib bormoqda. Rejaga ko‘ra, “Andijon” klubi marketing orqali yangi yil davomida 5 millard so‘m atrofida daromad olish niyatida. Shu boisdan stadion hududida klub atributikalari sotiladigan do‘kon faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida ishlar boshlab yuborilgan. Qolaversa, o‘yin kunlari stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar uchun yeguliklar sotiladigan do‘kon ham faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, “Andijon” klubi Andijon shahri va viloyati bo‘ylab 50 dona klub atributikalari va o‘yinlar uchun chiptalar sotiladigan shaxobchalar o‘rnatib chiqadi. Bu orqali o‘yinga kelish niyatidagi muxlislarga o‘z yashash joylari atrofida ham uchrashuv chiptalarini harid qilish imkoniyati taqdim etiladi.

Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” O‘FA huzuridagi viloyat bolalar-o‘smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan ham shartnoma imzoladi va bu orqali akademiyalar bo‘yicha qo‘yilgan talabni ham bajardi.  

Shu sababdan “Andijon” klubi ham o‘z futbolchilari, murabbiylari va jamoa rasmiylarini PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Yodingizda bo‘lsa, ilgariroq “Qizilqum”ga ham o‘z futbolchilarini Superliga ro‘yxatidan o‘tkazishiga ruxsat berilgan edi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:27, 08.02.2019.
O'qildi: 2834 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.