O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bo‘lajak FIFA kunlaridan unumli foydalanib, milliy terma jamoamiz uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "China Cup" musobaqasida qatnashadi.
Mazkur musobaqa 18-26 mart oralig‘ida Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland kabi terma jamoalari ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tayland bilan, Xitoy esa Urugvay bilan to‘p suradi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.
2018 yilda mazkur turnirda Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etdi. Urugvay terma jamoasi g‘olibga aylandi.
«Barselona» — «Atletiko» uchrashuvi hakami mavsum oxirigacha Chempionlar ligasidan chetlatildi [6557]
Yevropa ligasi. Chorak finalning ilk o‘yinlari natijalari [2346]
«Liverpul» Muhammad Salohning o‘rniga munosib futbolchi topdi [2181]
Karvaxal "Real"ning yosh iqtidor egasini jiddiy jarohatladi [2069]
«Al-Ahli» yulduzi: «Sovrinni hoziroq bitta odamga topshirib qo‘ya qoling!» [1864]
Pike «Atletiko» bilan bahsdagi xatosidan so‘ng Kubarsiga murojaat qildi [1639]
Xoland faqat bir klubga o‘tishni istamoqda [1552]
«Real» murabbiyligiga kutilmagan nomzod ma’lum bo‘ldi [1495]
AS Arbeloa va Asensio o‘rtasidagi mojaro sababini ochiqladi [1380]













