Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi etib saylandi

Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi etib saylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 11 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining hududiy bo‘limlari vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Sir emaski, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ot sportiga bo‘lgan e’tibor oshdi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori ham imzolangan. Shu sababdan ham chavandozlarimizdan yuqori natijalar kutishga haqlimiz. Bugun o‘tkazilgan hisobot-saylov Konferensiyasi kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federasiyaga yangi rahbar saylashdan iborat edi.

Shu munosabat bilan ushbu lavozimga Abdullayev Feruz Tal’atovich nomzodi taklif etildi. Ishtirokchilar bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa, Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining yangi raisiga aylandi. Ma’lumot uchun, Feruz Abdullayev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkor.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 16:58, 11.02.2019.
O'qildi: 3329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.