Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

BREAKING! Andrey Miklyayev «Surxon» jamoasining bosh murabbiyi

BREAKING! Andrey Miklyayev «Surxon» jamoasining bosh murabbiyi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun «Surxon» futbol klubida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Klub vise-prezidenti Bahrom Mamatkulov Termizda «Surxon» sport majmuasida olib borilayotgan ishlarga rahbarlik qilayotganligi sababli, yig‘ilishni «Surxon» futbol klubi ma’muriyat rahbari Ikrom Ibragimov va yordamchi murabbiy Grigoriy Seytlin Semyonovich olib bordilar. Yig‘ilishda jamoaning barcha a’zolari ishtirok etdilar.

Bugungi qadar, jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Anvar Soliyev, yana klubning sport direktori lavozimiga o‘tkazildi.

Klub mutasadillari bir necha kun davomida bir qator murabbiylar nomzodlarini ko‘rib chiqdilar.

Yakunda, barchamizga yaxshi tanish, asli kelib chiqishi Surxordaryolik bo‘lgan, 2016-2018 mavsumni Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan, «PRO» murabbiylik lisenziyasiga ega, Andrey Miklyayev «Surxon» jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Murabbiy oldiga ulkan vazifalar qo‘yildi. Xususan, yaxshi jamoa shakllantirib, Surxondaryolik futbolchilarga ham ko‘proq e’tibor qaratib, imkon qadar ularni ham jamoaga jalb qilish kerakligi ta’kidlandi.

Biz ishonamizki, murabbiy o‘ziga bildirilgan ishonchni albatta oqlaydi va Surxondaryo futboli rivoji yo‘lida o‘z hissani qo‘shadi.

Shuningdek, «Surxon» futbol klubi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan chiqarilayotgan har bir qarorni hurmat qiladi!

«Surxon» PFK matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:44, 15.02.2019.
O'qildi: 4330 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик