Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

O‘FAga iltimos: qo‘shnilarimiz bilan kichik turnir

O‘FAga iltimos: qo‘shnilarimiz bilan kichik turnir

Baho:
+ | -

Ko‘plab muxlislar haligacha «Paxtakor» va «Qayrat» klublari o‘rtasidagi sharqona «el-klasiko»ni shirin xotiralar bilan eslashadi. To‘g‘ri, hozirda vaziyat o‘zgargan, ammo yaxshi bir turnir tashkil etishning iloji borku!

Turnirning taxminiy ishtirokchilari va reglamenti

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston. Avvaliga sinov turnir sifatida o‘tadigan musobaqaning ilk ishtirokchilari aynan shu terma jamoalar bo‘lishi bizning jamoalar uchun ayni muddao bo‘lishi aniq. Jamoalar bir guruhda joylashgan holda 3 ta turda ishtirok etishadi va ko‘proq ochko to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi. Ko‘rinishidan soddadek tuyulgan turnir biz uchun ancha foydali bo‘lar edi.

Turnirning foydasi

Bu turnir uzoq masofalarga uchib borib o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdan ko‘ra ancha foydaliroq bo‘lishi aniq. Ayniqsa, so‘nggi yillarda qo‘shnilarimizning futbol bobida ancha o‘sishga erishgani ham taxsinga sazovor. Bu o‘z navbatida uchrashuvlarning keskin va tomoshabop bo‘lishini ta’minlaydi.

Terma jamoamiz legionerlarsiz tarkib bilan ishtirok etishsa, bir nechta ichki chempionatimizdagi futbolchilarni sinab olishimizga yaxshigina imkon tug‘dirardi. JCH saralashlari arafasida bu turnir mahalliy futbolchilarimizning saviyasi va holatini ko‘rib olish uchun qulay imkoniyat.

Ayniqsa, so‘nggi Osiyo kubogidan keyin Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvda ishtirok etish bu muxlislarimizda qiziqish uyg‘otishi aniq. Bu turnir Toshkent shahrida o‘tkazilishi shart emas. Vodiydagi «Neftchi» va «Navbahor» stadionlari yoki vohada bu uchrashuvlarni bemalol yuqori saviyada o‘tkaza olishadi.

Yangilanish, yangi g‘oya, yangi marralar

«Futbolimiz rivoji uchun yangi g‘oyalar juda ham muhim», deganida Umid Ahmadjonov naqadar haq edi. Bu turnir nafaqat futbolchilarimiz, balki qo‘shni, qardosh xalqlar bilan aloqlarimizni yaxshilash yo‘lida tashlangan sportcha qadam bo‘lib xizmat qilishi aniq. Yillar davomida uzilib qolgan munosabatlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qayta tiklandi.

Bu munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida bu turnir bizga ham, qo‘shnilarimizga ham foydadan holi bo‘lmas edi. Prezidentimiz tomonidan tiklangan do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanar, yangi darajaga ko‘tirlgan bo‘lar edi.

Bu shunchaki yangi g‘oya, xolos. Uning amalga oshish-oshmasligi ham kattagina so‘roq ostida turibdi. Futbolimiz rivoji uchun yangi g‘oyalar zarar qilmasligini hisobga olsak, bu taklifni ,albatta, do‘ppini qo‘lga olib, o‘ylab ko‘rish kerak.

YA.U.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:34, 15.02.2019.
O'qildi: 5235 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.