“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer chempionlar ligasining 1/8 final doirasida “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda qatnasha oladi.
“Shifokorlar menga yashil chiroqni ko‘rsatishdi. Men tayyorman”, – deydi Noyer.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli posbon qo‘lidan olgan jarohati tufayli uchta o‘yindan beri maydonga tushmadi.