Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon 2-0 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Turkiyaning KOC kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo‘ladi

Turkiyaning KOC kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Turkiyaning KOC kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo‘ladi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda yangi futbol mavsumi start olishiga sanoqli kunlar qolgan. Futbol mavsumini O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkaziladigan o‘yin ochib beradi.

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o‘rtasida kechadigan Superkubok o‘yiniga Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiy bo‘ladi.

“Ushbu kompaniya O‘zbekiston bozoriga futbol orqali kirish niyati bor ekanini bildirdi. Mamlakat Superligasi homiyligi uchun asosiy nomzod bor ekanidan kelib chiqib, PFL KOC Elektrik AS uchun Superkubok o‘yinini taklif qildi. 

Kompaniya vakillari 2019 yilgi mavsum davomida milliy chempionat uchrashuvlari tashkilotchiligi, shuningdek, Superliga brendi ommalashuvini o‘rganib boradi. Agar barchasi ko‘ngildagidek ketsa, ushbu kompaniya bilan hamkorlik 2020 yildan boshlab yanada kattaroq masshtabda davom etishi mumkin”, deyiladi PFL xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Superkubogi-2019 o‘yini 23 fevral kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi. “Sport” telekanali uchrashuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etadi. Avvalroq uchrashuv 15:00 ga tayin qilingandi.

Yangi kelishuvdan keyin Professional futbol ligasi muxlislar ko‘nglini olish uchun konsert dasturini ham rejalashtirdi hamda “Sport” bilan kelishib, uchrashuvni 16:00 ga ko‘chirdi.

Manba: PFL
Kiritildi: 12:20, 18.02.2019.
O'qildi: 3046 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик