Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘FA mutasaddilari Chexiya futbol federasiyasida bo‘lishdi

O‘FA mutasaddilari Chexiya futbol federasiyasida bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federasiyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.    Jumladan, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San’at Sharipov, Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov Gresiya va Germaniya futbol federasiyalari vakillari bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.    Bugun O‘FA mutasaddilari Chexiya futbol federasiyasida bo‘lishdi. U yerda Chexiya futbol federasiyasi mintaqaviy akademiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, Chexiya futbolining o‘tmishdagi yulduzi, terma jamoaning sobiq futbolchisi Karel Poborskiy va Murabbiylar ta’limi departamenti direktori Lukash Rujichka bilan uchrashishdi.    Karel Poborskiyni futbol muxlislari "Benfika", "Lasio", "Manchester Yunayted" kabi jamoalardagi faoliyati orqali yaxshi tanishadi. U Chexiya terma jamoasi tarkibida 118ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol kiritishga ham muvaffaq bo‘lgan. 1996 yil Yevropa chempionatida vise-chempionlikka erishgan.   Uchrashuv davomida Chexiyada yo‘lga qo‘yilgan bolalar futboli tizimi, akademiyalar ish tartibi muhokama qilindi va bu tajribani O‘zbekistonda qo‘llash masalalari gaplashib olindi. Shuningdek, kelgusida ikki mamlakatning U-15, U-17 terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Lukash Rujichka Toshkentga tashrif buyurib, mamlakatimizdagi bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari murabbiylari malakasini oshirish bo‘yicha turli seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazishga va’da berdi.    Kelasi yilning may oyida Chexiyada yoshlar terma jamoalari ishtirokida Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Chexiya futbol federasiyasi tomonidan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham mazkur musobaqaga taklif etildi.    Uchrashuv yakunida Chexiya futbol federasiyasi vakillariga esdalik sovg‘alari berildi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:15, 18.02.2019.
O'qildi: 1861 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик