Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov viloyat futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari hamda hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda hududlarda bolalar futbolini rivojlantirish va futbolni ommalashtirish, futbol akademiyalari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mahoratli murabbiylarni tayyorlash va murabbiylar malakasini oshirish, ular uchun xorijda turli seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, futbol akademiyalarida ishni professional tarzda tashkillashtirish, akademiyalar tarbiyalanuvchilari bilan shartnomalarni to‘g‘ri tuzish, kelgusida biror futbolchi qaysidir klubga sotiladigan bo‘lsa, bundan akademiyalar ham manfaat ko‘rishini ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi.
"Futbol akademiyalari futbolchini 17 yoshgacha tarbiyalab, o‘qitib, unga futbol sir-asrorlarini o‘rtagatadi. Keyinchalik bu futbolchi sotiladigan bo‘lsa, akademiyalar bundan hech qanday manfaat ko‘rmaydi. Bu noto‘g‘ri. Tarbiyalanuvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda keyinchalik futbolchi sotiladigan bo‘lsa transfer narxidan ma’lum qismi uni tarbiyalagan akademiyaga tushishi kerak. Bu pullar akademiya rivoji uchun sarflab boriladi.
Shuningdek, bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda futbolni rivojlantirish uchun ham har bir viloyat alohida reja tuzgan holda ish olib borishi kerak. Chunki har bir viloyatning o‘ziga xos sharoiti bor. Mahallalarda futbol maydonlari qurilishi bo‘yicha ham O‘FA Futbolni rivojlantirish departamenti va "Mahalla" jamg‘armasi bilan birgalikda ish olib borish zarur", - dedi Umid Ahmadjonov.
Bundan tashqari viloyat futbol assosiasiyalari vise-prezidentlariga yangi futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Superligada qatnashayotgan klublar stadionlarda barcha sharoitlarni yaratishlari zarurligi, futbol tomosha qilishga tashrif buyuradigan muxlislar stadionda haqiqiy hordiq chiqarib, futbol uchrashuvini tomosha qilishlari, taom va ichimliklar savdosini yo‘lga qo‘yish, barcha yoshdagi muxlislar uchun qulayliklar yaratish, oilaviy sektorlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, stadiondagi muxlislik madaniyatiga rioya qilish, o‘yin davomida so‘kinish, hakam va futbolchilarni haqorat qilish kabi salbiy odatlarga barham berish zarurligi ta’kidlandi.
Zidan Ispaniyaga uchib bordi [6165]
Zidan: "Agar bu bo‘lmasa, "Real"da uzoq muddat qolish qiyin" [5544]
“Men bolalar bog‘chasiga murabbiylik qilish uchun kelmaganman” — Alonso nimadan norozi edi? [4973]
Flik juda xafa bo‘ldi [3047]
"Barselona" yarim himoyachini "Real"dan tortib olishi mumkin [2814]
FIFA prezidenti qancha maosh oladi? [2634]
"Manchester Siti" hujumchisi "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi [2583]
Trent «Real»dagi holatidan norozi. U jamoani tark etishi mumkin [2526]
Xolandning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil ma’lum bo‘ldi [2495]
Rafa Yuste «Barsa» prezidentligida vaqtinchalik Joan Laporta o‘rnini egallaydi [2075]













