Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Superkubok uchrashuviga OAV vakillarining kirish tartibi xususida

Superkubok uchrashuviga OAV vakillarining kirish tartibi xususida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston superkubogi-2019 o‘yini 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o‘rtasida kechadigan Superkubok o‘yini poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va 16:00da start oladi. Qayd etish joiz, uchrashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.

Mazkur uchrashuvga tashrif buyurish niyatida bo‘lgan OAV xodimlari 2018 yilgi mavsumdagi akkreditasion kartalari bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin. Shuningdek, o‘tgan mavsumda PFLda akkreditasiyadan o‘tmagan, biroq Superkubok bahsini bevosita stadiondan yoritishni istagan OAV vakillariga esa bir martalik akkreditasion kartalar taqdim etiladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga 22 fevral 17:00ga qadar o‘z ism-familiyangiz va faoliyat olib boradigan nashringiz nomini yozib yuborsangiz yetarli.  

Bir martalik akkreditasion kartalar o‘yinoldi matbuot anjumani paytida taqdim etiladi.

2018 yilda akkreditasiya olgan jurnalistlar esa “Paxtakor” stadioniga o‘zlarida mavjud akkreditasion kartalar bilan kirishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:15, 22.02.2019.
O'qildi: 2368 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик