Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Metallurg» nazorat uchrashuvida «Bunyodkor»dan ustun keldi

«Metallurg» nazorat uchrashuvida «Bunyodkor»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonida yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan “Metallurg” hamda “Bunyodkor” jamoalari bugun nazorat ko‘rik uchrashuvida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan o‘yin bekobodliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi – 1:0. O‘yin taqdirini Islom Isoqjonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.

Bevosita tafsilotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuv poytaxt viloyati vakillarining ustunligi bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq maydon markazi hamda to‘p nazoratini o‘z qo‘liga olgan bekobodliklar mezbonlar darvozasi oldida birin ketin xavfli vaziyatlarni barpo etishdi. Birinchi gollik imkoniyatdan tajribali Server Jeparov foydalana olmagan bo‘lsa, keyingi hujumda Islom Isoqjonov darvozabon bilan yakkama yakka chiqib, vaziyatni ko‘kka sovurdi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay Islom o‘z xatosini tuzatdi. Jamoaning rossiyalik legioneri Sergey Tumasyan o‘ng qanotdan ajoyib reydni amalga oshirdi va to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi. Himoyachilardan chaqqonroq harakat qilgan Isoqjonov birinchi urinishda to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab oldi, ikkinchi urinishda esa darvozasining olis pastki burchagini nishonga oldi – 1:0.

Shundan keyin ham “Metallurg” futbolchilari ko‘plab vaziyatlarni yaratishdi. Ammo hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi. Ikkinchi taymda “Metallurg” tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lganligi bois “qaldirg‘ochlar” ancha faollashishdi. Biroq mezbonlarning xavfli hujumlari chog‘ida “Metallurg” himoyachilari va darvozabonning ishonchli o‘yini g‘alabaning saqlab qolinishiga zamin yaratdi. Bugungi o‘yindan keyin “Metallurg” futbolchilariga ikki kunlik dam berildi. Jamoa 25 fevraldan yig‘inni davom ettiradi.

Nazorat uchrashuvi.
“Metallurg” – “Bunyodkor” – 1:0 (1:0). “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakamlar: Aziz Asimov, Alisher Usmonov, Ruslan Serazetdinov.
Gol: Islom Isoqjonov (14).
“Metallurg”: Zafar Safayev (Akmal Tursunboyev, 46),  Ibrohim Yo‘ldoshev (Xudoyshukur Sattorov, 70),  Abbos Otaxonov,  Shavkat Mullajonov,  Andrey Shipilov,  Muhammad Isayev (Doniyor Usmonov, 46),  Muzaffar Muzaffarov,  Stanislav Andreev, Server Jeparov, Islom Isoqjonov (Abror Toshqo‘ziyev, 57), Sergey Tumasyan (Bahodir Pardayev, 46).

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 07:29, 23.02.2019.
O'qildi: 3092 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик