Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda, bugun navbatdagi nazorat o‘yini o‘tkaziladi

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda, bugun navbatdagi nazorat o‘yini o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi "Chig‘atoy" sport majmuasida yig‘in o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Yig‘in ikki bosqichda o‘tkazilib, unda 50 nafar futbolchi qatnashishi rejalashtirilgan. Yig‘inning birinchi qismida terma jamoaga asosiy nomzod bo‘lgan 25 nafar futbolchi sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga bir qator nazorat uchrashuvlari ham tashkil etildi. Jumladan, Otabek G‘ulomxo‘jayev shogirdlari "Bunyodkor" yoshlarini 2:0 hisobida, "Lokomotiv" yoshlarini esa 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Ayni paytda O‘zbekiston U-18 terma jamoasi yig‘inining ikkinchi qismi boshlandi. Bu yig‘inga ham yana 25 nafar futbolchi taklif etilgan. 

Otabek G‘ulomxo‘jayev mazkur yig‘in davomida terma jamoaning asosini shakllantirish bilan birga, yangi futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazib olmoqda.

"Yig‘inni ikki qismga bo‘lib o‘tkazishdan asosiy maqsad iloji boricha ko‘proq futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish. 25 nafardan iborat ikkita tarkib bir-biriga raqobat paydo qiladi. Hech qaysi futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnim kafolatlangan, degan xayolda xotirjam bo‘lmaydi. Doimo o‘z ustida ishlashi, mashg‘ulotlarda astoyidil mehnat qilishi talab etiladi. 

Hozirgi tarkib bilan ko‘proq taktik mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz. Ular bilan qanday himoyalanish, himoyadan hujumga o‘tish, standart vaziyatlarda jarima maydonchasi ichida qanday joylashish bo‘yicha mashqlar olib boryapmiz. Futbolchilar bizning g‘oyalarimizni tushunib, kundan kunga ko‘rsatmalarimizni yaxshiroq bajarishyapti. Asosiy maqsadimiz faqat Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rish emas. Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish, keyin u yerda muvaffaqiyatli qatnashib, Jahon chempionatida ishtirok etish shubhasiz bosh maqsadimiz. Shu bilan birga biz mazkur futbolchilarni bo‘lajak milliy va Olimpiya terma jamoalariga tayyorlab borishni ham rejalashtirganmiz", - dedi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev.

Bugun terma jamoa a’zolari "Nurafshon" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:29, 26.02.2019.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик